Munosabat

Korrupsiya — jamiyat va davlat ravnaqiga tushov bo‘ladigan jirkanch illat ekani barchamizga ma’lum. Bu illatga qarshi kurashish borasida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda ham bu yo‘nalishdagi ishlar sarhisob qilinib, korrupsiyaga qarshi qat’iy siyosatning asosiy maqsadlari va kelgusidagi vazifalari belgilab berildi. Ushbu yig‘ilishda aytilgan vazifalar bo‘yicha mutasaddilar, deputatlar, faollar o‘z munosabatini bayon qilmoqda.  

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov o‘z munosabatini bayon qilar ekan, korrupsion jinoyatlarga oid qonun qayta ishlab chiqilishini bildirdi:

— So‘nggi yillarda Prezidentimizning qat’iy siyosiy irodasi bilan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari tubdan takomillashtirildi. Ilgari biz korrupsiya illatiga qarshi ko‘proq operativ-qidiruv usullar orqali kurash olib borishni tushunar edik. Lekin, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etib bo‘lingandan so‘ng, uning aybdorini qidirib jazolash bilan ish bitmasligini zamonning o‘zi bizga ko‘rsatdi.

Shuning uchun bugun nafaqat operativ-qidiruv, balki “preventiv” usullar, ya’ni, ko‘proq korrupsiyaning oldini olishga e’tiborni kuchaytirdik. To‘g‘rida, bunday illat vujudga kelmasidan oldin uning oldini olsakkina, samara bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari Prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng birinchi imzolagan qonunlardan biri ham aynan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun bo‘ldi. Bugun mamlakatimizda “korrupsiya” so‘zi ishlatilgan 200dan ortiq normativ-huquqiy hujjat mavjud. Albatta, ularning barchasida ushbu so‘z korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida ishlatilgan.

O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba “korrupsiyaga qarshi kurashish” so‘zlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning roli oshirildi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2018 yil 7 dekabrdagi taklifiga asosan parlamentning har ikkala palatasida korrupsiyaga qarshi mas’ul qo‘mitalar tuzildi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda mana shu qo‘mitalar faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan qator tavsiyalar berildi. Xususan, parlamentning mas’ul qo‘mitalari har bir mahallaga tushib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini aniqlashi, mansabdor shaxslar oldiga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha masala qo‘yishi, sohaga oid takliflar ishlab chiqishi, qonunlarni takomillashtirish choralarini ko‘rishi shular jumlasidandir.

Prezidentimizning ushbu tavsiyasiga muvofiq, Oliy Majlisning tegishli qo‘mitalari quyiga tushib, bevosita jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bunday amaliyot nafaqat parlament nazoratining samarasini, balki qonun ijodkorligi sifatini ham oshiradi. Zero, Prezidentimiz aytganidek, shundagina qonun pastdan, oddiy odamlardan chiqayotgan takliflar asosida yoziladi va xalqchil bo‘ladi.

Shu bilan birga, parlament qo‘mitalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar bilan ham hamkorlikni kuchaytiradi, ularni ta’sirchan institutga aylantirish borasida choralar ko‘radi.

Albatta, milliy parlamentimiz kuchli qonunlarni qabul qilsagina korrupsiya illatiga qarshi kurashish samara beradi. Bu borada ham Prezidentimiz o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Ayniqsa, parlament tomonidan qabul qilingan korrupsion jinoyatlarga oid qonun haqli ravishda tanqidga uchradi.  

Chunonchi, faqat jazoni kuchaytirish bilan korrupsiyani yo‘qotib bo‘lmaydi. Shu bois qonunda boshqa usullar, shu jumladan, korrupsiyaning oldini olish, odamlarni bunga toqatsiz ruhda tarbiyalash, jinoyatni fosh etishga yordamlashganlarni rag‘batlantirish tizimi ham nazarda tutilishi lozim. Shunga muvofiq, mazkur qonun Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qayta ishlab chiqiladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining noqonuniy boylik orttirish holati yuzasidan bergan taklifi parlamentning mas’ul qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Albatta, masala juda nozikligi bois uni joriy etishdan oldin har tomonlama puxta o‘rganib chiqiladi.

Xorij tajribasi o‘rganiladi hamda xalqimiz bilan bamaslahat loyiha ishlab chiqiladi.

Yana bir muhim masala. Prezidentimiz bundan buyon vazir va hokimlar lavozimiga qo‘yilishidan oldin korrupsiyani oldini olish bo‘yicha aniq rejasini parlament va mahalliy Kengashlar oldida himoya qiladigan tizim joriy etishni taklif qildi.

Shunga muvofiq, bugun quyi palataning mas’ul qo‘mitasi tomonidan vazir va hokim lavozimiga nomzodlarning korrupsiyani oldini olish bo‘yicha rejasini tegishincha parlament va mahalliy Kengashlar oldida himoya qilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalarni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi hamda “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritish yuzasidan qonun loyihasi tayyorlanmoqda.  

Umuman olganda, kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan tavsiya va topshiriqlar parlamentning rolini oshirishga qaratilgan bo‘lib, uning zimmasidagi talabni bir necha karraga oshiradi. Deputatlik korpusi bunday mas’uliyatni chuqur his etmoqda. Parlamentning mas’ul qo‘mitalari korrupsiya illatiga qarshi kurashishda faol bo‘ladi va bu masala ularning asosiy strategik faoliyat yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Muhtarama Komilova yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaning oldini olishda parlament tashabbuskor bo‘ladi