Munosabat

Natijalar tahlil qilinib, ma’lum davrlar bilan solishtirilganida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi qay darajada bo‘layotgani namoyon bo‘ladi.

 Yanvar oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 14,8 hamda chakana savdo aylanmasi 9,2 foizga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs maqomidagi korxona va tashkilotlar soni esa 19,1 foizga oshgan.

Bu raqamlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o‘z samarasini berayotganini anglatadi. 

Natijada faoliyat ko‘rsatayotgan jami yuridik shaxslar soni 527 ming tani tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1,3 foizga yoki qariyb 7,8 mingtaga oshdi.  

Mamlakatimiz  iqtisodiyotining o‘ta muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari barqaror ravishda ortib bormoqda. Masalan, bu yil yanvar oyida mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning yanvar oyiga nisbatan 4,3 foizga o‘sdi va uning umumiy hajmi 55,8 trillion so‘mga yetdi. Bunday natijaga erishishga  sanoat tarkibida 79 foiz ulushga ega qayta ishlash sanoatining 5,2 foizga, 10 foiz ulushga ega tog‘-kon sanoatining 2,3 foizga oshganligi salmoqli ta’sir ko‘rsatdi.

Qayd etish  kerakki, dunyoning  aksariyat davlatlarida  sanoat ishlab chiqarish darajasi biz  erishgan natijadan ancha past.  Jumladan, muhim  iqtisodiy hamkorlarimiz bo‘lgan Rossiya Federatsiyasida 2025 yilning  yanvar oyida sanoat 2,3, Qozog‘istonda ham 2,3 va Belarusda 2,9 foizga o‘sdi.

Xitoy Statistika byurosining bildirishicha, Xitoy sanoat korxonalarining PMI ko‘rsatkichi (Manafacturing Purchasing Managers Index – ishlab chiqarish sanoati menejerlari xarid qilish qobiliyati indeksi) 2025 yilning yanvarida 1 bandga pasayib (50,1 dan 49,1 ga) so‘nggi 5 oydagi eng past natijani qayd etgan. Bu ko‘rsatkich, o‘z navbatida sanoatdagi faollik kamayganligini bildiradi.

Turkiya sanoat korxonalarining PMI ko‘rsatkichi 2025 yilning yanvarida 1,1 bandga pasayib, 48 bandni tashkil etgan. Bu talabning pastligi va yangi buyurtmalarning keskin sekinlashuvi tufayli ishlab chiqarish sanoatidagi jiddiy pasayishni aks ettiradi.

Shu bilan bir qatorda,  kichik tadbirkorlik sohasi ham juda katta sakrashga erishdi. Ya’ni mamlakatimizda  kichik tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, xususan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tobora kengayib borayotganligi natijasida bu korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga o‘sdi.

Misollarga murojaat qilsak,  birgina mebelchilik sanoatida kichik korxonalarning ulushi 38 foizdan 57 foizga yetdi va tarmoqning o‘sish sur’ati 16,7 foizni  tashkil qildi. Uskunasozlikda ham kichik korxonalarning ulushi 53 foizdan 63 foizga yetdi yoki ishlab chiqarish sur’atlari 38,3 foizga oshdi.

Bozor iqtisodiyotining muhim vositasi bo‘lgan birja savdosi hajmlari tobora oshib bormoqda. Masalan,  yanvar oyida birjada dizel yonilg‘isi savdosi 1,9 baravar, avtomobil benzini 1,4 baravar, mineral o‘g‘itlar 37,4 foiz, mis katodi 36 foiz, suyultirilgan gaz 18 foiz  va va polipropilen 7,9 foizga oshdi.

O‘zbekiston mis qazib chiqarish va uni qayta ishlash bo‘yicha dunyoning eng yirik davlatlaridan biriga aylanib ulgurdi. Sohaga berilayotgan ulkan e’tibor va mis xomashyosini qayta ishlash natijasida geofizik kabel ishlab chiqarish 16, maishiy kabellar 15, kuchlanish kabellari 8 foizga o‘sganligi  ham shundan dalolat bermoqda.

Ana shunday  dadil qadamlar hududlar darajasida ham namoyon bo‘lmoqda. Masalan,  sanoat  ishlab chiqarish hajmlari Namanganda 10,8, Xorazmda 10,7, Navoiyda 10,3, Toshkent shahrida 10,2, Buxoroda 5,2 foizga o‘sdi.

Yuqori o‘sish natijalarini ko‘rsatayotgan hududlar sanoati respublikada ham yuqori ulushlarga ega. Xususan, Navoiyning ulushi 23,3 foiz, Toshkent shahri 18,2 foiz, Namangan 3,9 foiz hamda Buxoro 3,8 foizni tashkil etadi. 

Sanoatda zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiya bilan ta’minlashning ahamiyati juda katta. Agar bu jarayon izchillik bilan davom ettirilmasa, mahsulotning sifati va narxi jahon talablaridan ortda qolib ketishi mumkin. Shuning uchun yanvar oyida sanoatning ayrim yirik korxonalari, jumladan, “Olmaliq KMK”, JTL zavodi, “O‘zAvtoMotors” korxonalarida rejali texnik-texnologik ta’mirlash ishlari olib borildi. 

O‘zbekiston sanoatining drayver sohalaridan biriga aylangan to‘qimachilikda barqaror iqtisodiy o‘sish izchillik bilan davom ettirilmoqda. Masalan, yanvar oyida tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,6 foizga oshib,  u salkam 6 trillion so‘mni tashkil etdi.

Elektrotexnika yo‘nalishida 2024 yili ishga tushirilgan 4 ta yirik loyihada  yanvar oyida 73 milliard so‘mlik maishiy texnika, transformator, quyosh panellari, quyosh suv isitkichlari kabi mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Sanoatda zamonaviy texnoparklarning salmog‘i tobora ortib bormoqda. Masalan,  Chirchiq kimyo texnoparkida 19 ta korxona tomonidan yanvar oyida 27 milliard so‘mlik yangi turdagi zamonaviy mahsulotlar, jumladan,  korroziyaga qarshi ingibitor, ovoz kuchaytirish uskunalari, gemodializ uchun tibbiy buyumlar, beton uchun maxsus qo‘shimchalar, qishloq xo‘jaligi uchun mikrobiologik preparatlar  kabi mahsulotlar ishlab chiqarildi. 

2024 yilning yanvar oyida mazkur 19 ta korxona tomonidan bor-yo‘g‘i 630 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan edi. Ularda  ishlab chiqarish hajmlari bir yilda 43 baravarga oshdi! 

Rahbariyatning alohida e’tiborida turgan va rivojlanishiga davlat tomonidan juda katta moliyaviy yordam ko‘rsatilayotgan elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida ham jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xususan, yanvar oyida 7,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bunda, shartli yoqilg‘i sarfi yuqori bo‘lgan eski energobloklar faoliyati cheklanib, davlat-xususiy sheriklik asosida ishlayotgan stansiyalarda ishlab chiqarish hajmi 1,6 baravarga o‘sdi.

Birgina misol. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 2025 yilning yanvar oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100 million kub metr tabiiy gaz va qariyb 5 baravar kam mazut sarflandi. Tabiiy gaz  va mazut ishlatishning kamayishi ekologik vaziyatni yaxshilashga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ustun darajada rivojlantirilmoqda. Ularda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 1,9 baravarga o‘sdi. Atrof-muhitni  asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida  “yashil energetika”ning jami elektr energiyasi ishlab chiqarishidagi ulushi 2024 yil yanvar oyidagi 7 foizdan bu yil yanvar oyida 14 foizga yetdi.

Xizmatlar sohasi ustuvor ravishda rivojlantirilmoqda. Masalan, 2025 yilning yanvar oyida   bozor xizmatlari hajmi 64,8 trillion so‘mni tashkil etdi yoki  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,4 foizga oshdi. 

Hududlar kesimida yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahri (14,0 foiz), Samarqand (16,0 foiz) va Farg‘ona (12,4 foiz) viloyatlarida yuz berdi.

Aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishda xizmatlar sohasining o‘rni juda katta. Shuning uchun joylarda, ayniqsa, uzoq qishloqlarda xizmatlarning yangi turlarini tashkil etishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Natijada xizmatlar sohasida yanvar oyida 5,7 mingta yangi yuridik korxonalar tashkil etildi. Bultur yanvar oyida bu ko‘rsatkich 4,5 mingta edi.

Yanvar oyida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 68 foizi kichik tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri keldi. 2024 yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 60 foiz bo‘lib, bu yilgi yanvar oyida bu ulush 8 foizga oshishiga erishildi. 

Ichki va tashqi transport kommunikatsiyalari rivoji va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Xitoy – Yevropa yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanuvchi poyezdlar soni nainki oshib bormoqda, balki  ularning xizmat ko‘rsatish sifati ham yaxshilanmoqda. 

Bundan tashqari, 2025 yil yanvar oyida Xitoy – SHHT zonasida “Sindao – Altinko‘l –Toshkent” yangi tezkor yuk temir yo‘l yo‘nalishi ishga tushirildi.

Natijada xalqaro iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu sabablar hamda жаҳон bozorida shakllangan qulay narx kon’yunkturasi hamda ichki iqtisodiy faollikning oshishi natijasida  mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi  2025 yilning yanvar oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 foizga ortib,  4,5 milliard dollarni tashkil qildi.   

Mamlakatimizda eksport-import o‘rtasidagi munosabatni eksportni oshirish hisobiga o‘zgartirish yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlar ham o‘z samarasini bermoqda. Xususan, eksportning hajmi 2025 yilning yanvar oyida bulturgi yanvar oyiga nisbatan 14,1 foizga oshirildi. Bunda, tovarlar eksporti 9,8 foizga ortib, bu asosan oziq-ovqat mahsulotlarining 23,1 foizga va kimyoviy vositalarning 22,6 foizga ortishi hisobiga ta’minlandi.

Odil OLIMJONOV,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar

markazi bosh ilmiy xodimi, iqtisodiyot

fanlari doktori, professor.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy islohotlar samarasi joriy yilning ilk qadamlaridayoq yaqqol ko‘rinmoqda