Munosabat

Pokiston O‘zbekistonning nafaqat Janubiy Osiyo va islom olami, balki jahon miqyosidagi ishonchli hamkorlaridan biri sanaladi. Ushbu mamlakat O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini birinchilardan bo‘lib, 1991 yilning 20 dekabrida tan olgan. O‘zaro diplomatik munosabatlar esa, 1992 yil 10 maydan boshlab o‘rnatilgan.

Qolaversa, geografik joylashuvi, savdo-iqtisodiy va madaniy jihatdan strategik ahamiyati bu ikki davlatni Markaziy va Janubiy Osiyoni birlashtiruvchi omilga aylantirgan. So‘nggi yillarda savdo-iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik va mintaqaviy barqarorlik borasidagi ikki tomonlama aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.

Xususan, 2019 yildagi 122 million AQSH dollarilik savdo aylanmasi 2023 yilga kelib 387 million AQSH dollariga yetdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston Pokistonga 124,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilgan. Bu mahsulotlarning umumiy qiymati 192,3 million AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, Pokiston 2024 yilda O‘zbekiston eksport bozoridagi eng muhim sheriklardan biriga aylanib, savdo hajmini 300 million dollarga yetkazgan.

Savdo aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida 2025 yil 3 yanvar kuni Pokistonning Karachi shahrida “UzbekPak International Trading Centre” savdo uyi va “UzbekPak Cultural Centre” madaniy markazi ochildi. Ushbu markaz yurtimiz sanoati yutuqlari, jumladan, eng sara to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etiladigan maydonchaga aylanmoqda. “Made in Pakistan” va “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmalari ham savdo va madaniy hamkorlik ko‘lamini kengaytirmoqda.

E’tiborli jihati, ushbu boshlangan hamkorlik aloqalari ikki mamlakat yetakchilari tashabbusi bilan izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning dastlab tor doirada, so‘ngra rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralarida erishilgan kelishuvlar aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida katta qadam bo‘ldi.

Uchrashuvda dastlab Prezidentimiz tomonidan 2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshgani, qo‘shma korxonalar soni 130 taga yetib, Karachi va Toshkentda savdo uylari ochilgani hamda Toshkent va Lahor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklangani e’tirof etildi.

Shuningdek, muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, qabul qilingan “yo‘l xaritasi” asosida tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi. Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar ro‘yxatini kengaytirish, fitosanitariya va karantin talablarini, bojxona tartib-taomillarini o‘zaro soddalashtirish, standartlarni yaqinlashtirish, elektron savdo platformalarini integratsiya qilish, xaridlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash, banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga ham alohida to‘xtaldilar. Boisi, ushbu imkoniyat nafaqat ikki mamlakat balki mintaqalar taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi bir necha yilda “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal yo‘lagi orqali yuk tashish hajmi 5 barobarga ko‘paydi. Yuk aylanmasi hajmini yanada oshirish maqsadida qo‘shma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi.

Shuningdek, muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston – Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.

Qolaversa, ikki mamlakat yetakchilari huzurida Hukumat a’zolari tomonidan fan, texnika va innovatsiyalar sohasida hamkorlik, diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari, ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik, professional ta’lim, yoshlarga oid siyosat, milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik kabi bitimlar imzolandi. Shu bilan birga, diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ahdlashuvlar ham shular jumlasidandir.

Albatta, ushbu imzolangan ikki tomonlama shartnomalar negizida, avvalo, ikki xalq turmush farovonligini yanada yaxshilash, mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirishga qaratilgan katta maqsadlar mujassam. Buni birgina transport sohasida o‘tgan davr mobaynida erishilgan natijalar misolida ham ko‘rish mumkin. Hozirda Toshkentdan Pokistonning ikkinchi yirik shahri – Karachiga havo orqali yo‘l ochish yuzasidan muzokara davom etmoqda.TCS kompaniyasi bilan birga Toshkent va Karachi o‘rtasida samolyotda yuk tashishni tashkil etish rejalashtirilgan. Bu loyiha tarkibi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini qisqa muddatda yetkazib berish imkonini beradi. Bu oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda shu sohadagi tadbirkorlarimiz uchun katta imkoniyat deganidir.

Shuningdek, tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etdilar. Tadbirda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Jumladan, Pokiston tomonidan "Al-Rafique Enterprises," "Mehran Dates Products", "Brighto Chemicals", "Transfopower Industries", "FWO", "T.M.C", "Pakistan Mobile", "TCS" va boshqa ko‘plab kompaniyalar qatnashdi.

Ushbu ishbilarmonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. Bular yiliga kamida ikki marta – O‘zbekiston va Pokistonda biznes vakillarini keng jalb qilgan holda ishbilarmonlik tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish, jug‘rofiy yaqinlikni hisobga olib, tovar ayirboshlash hajmini keskin oshirish, shu jumladan, amaldagi Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish, elektron savdo platformalarini integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratish kabilar.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning mustahkamlanishi bugungi global o‘zgarishlar sharoitida ikki mintaqa barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlashda  muhim ahamiyat kasb etadi.

Gulnoraxon ABDUVOHIDOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

Mehnat, sog‘liqni saqlash

va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda