Munosabat

Bugun hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Muayyan sabablar tufayli elektr ta’minoti tizimida kuzatiladigan qisqa muddatli uzilishlar ham turmush tarzimiz va mehnat faoliyatimizga salbiy ta’siri qiladi. 

Shu bois, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish hamda “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirish kabi bir qator ustuvor maqsad va vazifalar belgilangan.

Albatta, elektr energetikasi yo‘nalishida strategiyada belgilangan vazifalar, avvalo, o‘tgan vaqt davomida erishilgan natijalarning uzviy davomi hisoblanadi. Jumladan, keyingi yetti-sakkiz yilda mamlakatimizda elektr ishlab chiqarish 38 foiz oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetdi. Xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qo‘shimcha quvvatlar yaratildi. Ushbu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, “yashil” energiya hissasi esa 16 foizga yetdi. 

Natijada qanchadan-qancha aholi yashash punktlarida elektr energiyasida uzluksizlik ta’minlandi. Minglab yangi ish o‘rinlari yaratilib, tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanmoqda. Shu bilan bir qatorda o‘tgan davrda aholi daromadi ham o‘sib, yangi turdagi maishiy texnikalardan foydalanilayotgani sababli xonadonlarda elektr iste’moli 21 milliard kilovatt soatdan oshdi. Bu 2016 yilgi iste’moldan 2 baravar ko‘p demakdir.

Qolaversa, 2030 yilga borib, mamlakatimizda aholi soni 41 million kishiga yetishi, iqtisodiyotimiz esa 1,5 karra o‘sishi kutilayapti. Shunga mutanosib ravishda, sanoatda 45 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish, xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish, yirik ma’lumotlar markazlarini va yangi ish o‘rinlarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Bularning barchasi elektr energiyasi barqaror rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilda O‘zbekistonda 117 milliard kilovatt soat, 2035 yilda esa 135 milliard kilovatt soat elektr energiyasi talab etiladi. Ya’ni, hozirgidan 1,7 baravar ko‘p demakdir. Shu bois, yangi elektr stansiyalari va energiya saqlash quvvatlari barpo etish borasida izchil ishlar qilinmoqda. Ularni tizimga ulash uchun 7 ming kilometr magistral tarmoq qurilib, raqamlashtirilgan boshqaruv joriy qilinadi. Bu orqali hududlarda energiya balansi ta’minlanadi. Ya’ni bir viloyatda elektr yetishmovchiligi kuzatilsa, boshqa joydagi qo‘shimcha quvvatlar ishga tushiriladi. Bu esa hududlarda nafaqat aholi, qolaversa tadbirkorlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. Bu ishlar uchun kelgusi besh yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga 4 milliard dollarlik investitsiya kiritiladi.

Ushbu islohotlardan ko‘zlangan yana bir maqsad bu — elektr energiyasining tannarxini pasaytirishdir. Bu omilni muqobil manbalarni ko‘paytirish orqaligina amalga oshishi mumkin. Boisi, yilning to‘rt faslida ham quyoshli kun bo‘ladigan O‘zbekiston sharoitida “yashil” energiya imkoniyatlarida foydalanish juda ham samarali hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, 2030 yilga borib jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 3 mingta mikroGESda 164 megavatt, quyosh va shamol qurilmalari hisobiga 750 megavatt quvvatlar ishga tushiriladi.

Ushbu islohotlar sabab, sanoatda energiya samaradorlik orqali qo‘shimcha 27 foiz yalpi ichki mahsulot yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Hozir mamlakatda kimyo va metallurgiya yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayrim mahalliy korxonalarda energiya sarfi dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 2 karra, sement ishlab chiqarishda esa 1,2 barobar yuqori. Shu bois, har bir tarmoq kesimida energiyani 10-15 foiz iqtisod qilish, 2030 yilda elektr energiyasi yo‘qotishlarini hozirgi 14 foizdan 8-9 foizgacha tushirish maqsad qilib belgilangan.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 dollarlik yalpi ichki mahsulot yaratish uchun dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,5 barobar ko‘p energiya sarflanayapti. Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 14 foiz, tabiiy gazda esa 7 foizdan yuqori. Shu bois olimlar jalb qilinib, joylarda energiyani tejash imkoniyatlari ilmiy asosda o‘rganilmoqda. Hozirgacha 7 ta viloyatda 4,6 milliard kilovatt-soat elektr va 1 milliard kub metr gazni iqtisod qilish imkoniyatlari aniqlangan.

Yaqinda Prezidentimiz huzurida Hukumat mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan taqdimotda shu kabi o‘rganishlar asosida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi. Misol uchun, suv xo‘jaligidagi eski nasoslarni zamonaviysiga almashtirib, yiliga 1 milliard kilovatt-soat elektrni tejash mumkin. Ijtimoiy muassasalarda qozonxonalarni yangilash, “yashil” energiyadan foydalanish orqali bu yil 5 million kub metr gaz, 15 million kilovatt-soat elektrni iqtisod qilsa bo‘ladi.

Umuman olganda 2025 yilda 1,6 milliard kub metr gaz va 3,5 milliard kilovatt-soat elektrni tejash rejalashtirilgan. Buning uchun har bir korxona va tashkilot kesimida ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Jumladan, yirik sanoat korxonalarida bir mahsulot birligi ishlab chiqarishga ketadigan energiya me’yori belgilanadi. Shuning o‘zidan energiya sarfi 5-10 foizga qisqaradi. Bu nafaqat davlatga, qolaversa tadbirkorlarga ham o‘z mablag‘ini iqtisod qilish orqali boshqa foydali yo‘nalishlarga investitsiya qilish imkonini beradi. Qolaversa, ijtimoiy ob’ektlarda energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanadi.

Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylarda issiqlikni yaxshi saqlash uchun ularni izolyatsiyalash kengaytiriladi. Xonadonlarda geliokollektor va quyosh paneli o‘rnatishga arzon kreditlar beriladi. Iste’molchilar Yaponiya tajribasi asosida energiya tejash savodxonligi bo‘yicha o‘qitiladi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash borasida ulkan marralar reja qilingan. Bu maqsadlar natijadorligiga erishida har bir O‘zbekiston fuqarosining ishtiroki muhim albatta. Shu bois, biz xalq vakillari joylarda saylovchilar bilan o‘tkazgan yuzma-yuz muloqotlarimizda hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini yurtdoshlarimizga to‘g‘ri va asosli tushuntirib borishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavluda ADHAMJONOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda 2030 yilgacha “yashil” energiya ulushi 50 foizdan oshiriladi