Munosabat

Ma’lumki, O‘zbekiston va arab mamlakatlarini din va madaniyatlar o‘xshashligi birlashtirib turadi. Qolaversa, o‘tmishda arab dunyosi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona madaniy-sivilizatsiya va iqtisodiy makonga kirgan. Bu hozirgi kunda ham ularning o‘zaro aloqalarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Buni birgina O‘zbekiston va Kuvayt Davlati o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalari misolida ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi 27 hujjatdan iborat. So‘nggi yillarda iqtisodiyot, savdo, investitsiya, ta’lim va madaniyat kabi turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama aloqalar sezilarli darajada faollashdi. 

Xususan, 2024 yilda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikda faollik kuzatildi. Kuvayt yirik kompaniyalari va moliya institutlari vakillarining O‘zbekistonga 50 dan ortiq biznes missiyalari tashkil etildi. Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi, “Gulf General Trading Co.”, “Petroleum Dynamics”, “Al-Tijaria Group”, “The Commercial Real Estate So.”, “Rawasi Kuwait Holding Co.”, “Kuwait Investment Co.” (KIC), “AlJaber Group Holding”, “Advanced Medical German Co.”, “Alkandari General Trading Co.”, “Unique Goods”, “Zenith Business Solution”, “Golden Carpet”, “AlMawashi” va boshqa yetakchi kompaniyalar rahbarlari yurtimizda bo‘lishdi.

O‘z navbatida, o‘tgan yilda 100 dan ortiq O‘zbekiston tadbirkorlarining ham Al-Kuvayt shahriga tashrifi amalga oshirildi. Munosabatlar dinamikasining bunday tarzda faollashuvi bejizga emas, albatta. Kuvayt arab mintaqasida O‘zbekiston uchun har tomonlama manfaatli sherik hisoblanadi.

Qolaversa, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar o‘zaro tushunishning muhim ko‘prigiga aylanib boryapti. Ikki xalq an’analari, san’ati va adabiyotining boy merosini ochib beruvchi qo‘shma ko‘rgazmalar, anjumanlar, festivallar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bunda islom madaniyati, tarixiy obidalar va qo‘lyozmalarni o‘rganish sohasidagi hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Ushbu jabhadagi yaqin sheriklik birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazish uchun yangi istiqbollarni ochmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-18 fevral kunlari Kuvayt Davlatiga qilgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat va mintaqa hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan amaliy uchrashuv va muloqotlarga boy bo‘lganligi bilan yanada ahamiyatlidir.

Xususan, tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh “Al-Bayan” saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Ularda O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash, turizm sohalari amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Investitsiya platformasi va Ishbilarmonlar kengashi kabi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Al-Kuvayt shahrida savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yangi sheriklik dasturi doirasida Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan loyihalar portfelini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Kuvaytda madaniyat va turizm haftaliklarini o‘tkazish, ikki mamlakat vakillarining san’at, musiqa, kino, ta’lim va sport sohalaridagi madaniy-gumanitar tadbirlarda faol ishtirok etishiga ko‘maklashishga kelishib olindi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh O‘zbekiston – Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar. Shuningdek, rasmiy delegatsiya a’zolari ishtirokidagi muzokaralar yakunida sanoat, mehnat, sog‘liqni saqlash, san’at va madaniyat, “Aqlli” shaharlarni barpo etish,  sohalarida va Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar hamda havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma, turizm sohasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturlariga oid hujjatlar imzolandi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining Kuvayt Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi, ichki ishlar vaziri Shayx Fahd as-Saboh boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti davomida qishloq xo‘jaligi, logistika va transport, gidroenergetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish muhimligi qayd etilib, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” sammiti doirasidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tashrif davomida nafaqat Kuvaytda balki, mintaqada yetkachi sanalgan “Kuwait Investment Company”, “Al Imtiaz Investment Group”,“Kamco Invest”,“Action Group Holdings”,“Gulf Care General Trading” hamda “Agility Logistics” kabi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Ishbilarmonlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda avtomobilsozlik, qurilish, energetika, neft-gaz, savdo, axborot texnologiyalari, logistika, ta’lim, infratuzilma, agrosanoat, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Umuman olganda tashrif doirasida erishilgan natijalar O‘zbekiston va Kuvaytning izchil taraqqiyotini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning izchillashuvi mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish uchun ham muhim zamin yaratadi.

Gulnoraxon ABDUVOHIDOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

Mehnat, sog‘liqni saqlash

va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Kuvayt hamkorligi Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari taraqqiyotiga xizmat qiladi