Munosabat

O‘zbekistonda keyingi yillarda yer va suv munosabatlarini yaxshilash, agrobiznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kooperatsiya rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishga qaratilgan islohotlar qilinmoqda. Ilmiy yutuqlardan samarali foydalanish va kadrlar salohiyatini yaxshilash ishlari esa aniq chora-tadbirlarga asoslangan.

Bu BMT Bosh Assambleyasining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi rezolyutsiyasi va ushbu hujjatning ikkinchi maqsadi – oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda agrar sohani barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish yo‘nalishidagi maqsad hamda vazifalarga hamohangligi bilan yanada ahamiyatlidir.

Prezidentning 2019 yil 23 oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat doirasida qishloq xo‘jaligini isloh qilish, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan bir qator huquqiy asoslar yaratildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 4 fevral kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan esa bu sohadagi ishlar ko‘lamini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir qator muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.

Jumladan, farmonda yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini yanada takomillashtirishga oid aniq vazifalar kiritildi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish orqali paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega va eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Xususan, endilikda yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimi buzilmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda

“E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi. Bu amaliyot yer bilan tillashish va fermerlik faoliyatiga qiziqqan ko‘plab insonlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.

Hozir ko‘pchilikda dehqon va fermerlik faoliyatiga qiziqish bo‘lsa-da, tajribasi, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatidan kelib chiqib katta yer maydonlarini olib o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishga ikkilanar edi. Endi har bir inson imkoniyatidan kelib chiqqan holda elektron onlayn auksion savdolarida qatnashib o‘zi uchun yetarli deb bilgan yerga ega bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, farmon bilan muhofaza zonasidan tashqari bo‘lgan dala chetida 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan hududda qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suv tejovchi texnologiyalar, dala shiyponi, texnika parki kabi ob’ektlarni joylashtirishga ham ruxsat berilmoqda. Bu esa fermer va dehqonlarga, ayniqsa, dala shiyponlarida mavsum davomida o‘z oilasi bilan yashab chorva mollari, parranda kabi hayvonlarni parvarishlash orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini ham oshiradi.

Qolaversa, yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g‘olibi yer uchastkasidan qirq to‘qqiz yil ijara huquqi asosida foydalanish, keyinchalik ijara muddatini qonunchilikka muvofiq uzaytirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini, shuningdek, ularni yetishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini o‘zi mustaqil ravishda belgilash, shu jumladan, paxta va g‘alla ekinlarini faqat o‘zi ma’qul deb hisoblagan taqdirdagina yetishtirish huquqiga ega bo‘lmoqda.

Sir emas ayrim islohotlardan bexabar qo‘shtirnoq ichidagi rahbarlarning faoliyatga ortiqcha aralashuvi oqibatida ba’zan fermerlar o‘zlari istamagan ekin turlarini ekishga va natijada iqtisodiy yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Farmonda belgilangan huquqlar orqali endi ular mustaqil ravishda o‘zlari mos deb bilgan ekin turlarini ekib parvarishlaydi.

Shu bilan birga, yer egalari Yer kodeksiga muvofiq ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini tekinga yoki haq evaziga ijara muddati davomida boshqa shaxsga o‘tkazish, yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish huquqlariga ham ega bo‘lishmoqda.

Yana bir muhim o‘zgarish, yillik suv yetkazib berish limitlarining eng past va eng yuqori darajasi doirasida kafolatlangan hajmda suv olish, ushbu majburiyat bajarilmagan hollarda yetkazilgan zararlarni talab qilib olish huquqi ham kafolatlanmoqda. Bu orqali, o‘z yeri tarkibidan yaxshi xabardor bo‘lgan tajribali dehqonlarga hech bir ikkilanishsiz istagan mahsulotini mavsum injiqliklaridan qo‘rqmasdan yetishtirishni kafolatlaydi. 

Umuman olganda, fermer, dehqon va yer egalariga bu kabi huquqlarning kafolatlab berilishi, kelgusida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini bir yarim baravar va eksport ko‘rsatkichlarini

ikki baravar oshirish orqali, nafaqat mamlakatimizda balki mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi. 

Dilrabo XOLBOEVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

Agrar va suv xo‘jaligi

masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endi fermerlar mavsum davomida kafolatlangan hajmda suv olish imkoniyatiga ega bo‘ladi