Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan joriy yil 4-5 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni konstruktiv, pragmatik va strategik rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Ta’kidlash joizki, Malayziya – Osiyoning yangi rivojlanayotgan va sehrli mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Jadal taraqqiy etayotgan davlatning ta’lim tizimi jahon standartlariga mos ravishda shakllanib bormoqda. Xususan, boshlang‘ich ta’lim 6 yillik bo‘lib, bolalar 6 yoshdan maktabga qabul qilinadi. Shundan so‘ng 3 yillik kichik o‘rta maktab va 2 yillik katta o‘rta maktab mavjud. Katta o‘rta maktablar ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ijtimoiy, tabiiy-ilmiy, texnika va kasb-hunar yo‘nalishlariga ajratiladi. Hunarmandchilik maktablari, o‘rta texnika va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari esa turli kasblarni o‘rgatadi.

Mamlakatda ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi bir qator nufuzli universitetlar faoliyat yuritib, ularga Quala-Lumpur universiteti (1962), Milliy universitet (1970), Texnologiya universiteti (1972) va Qishloq xo‘jaligi universitetini (1973) aytish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan oliy ta’lim muassasalari nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ham nufuzli hisoblanadi.

Malayziya ta’lim tizimi innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish borasida katta tajribaga ega. Mamlakatda tabiiy kauchukni tadqiq qilish instituti, Malayziya ilmiy-tadqiqot instituti, O‘rmonchilik va tropik baliqchilik tadqiqot markazlari, Tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti kabi tashkilotlar faoliyat yuritadi. Mazkur institutlarga e’tibor bergan bo‘lsangiz, aksariyati ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgani bilan Malayziyaning ta’lim sohasidagi yutuqlari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi samaradorlikni ta’minlaydi. 

Davlatimiz rahbarining Malayziyaga so‘nggi 20 yil ichidagi ilk rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikning yangi sahifasini ochdi, xususan, savdo-iqtisodiy, fan va ta’lim sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashda muhim turtki bo‘ldi.

Tashrif doirasida delegatsiyalar oldida qo‘yilgan muhim masalalar forumlar va samarali muzakaralarda o‘z aksini topdi. Oliy ta’lim, fan va texnologiyalar va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator muhim uchrashuvlar qatori Malayziya oliy ta’lim vaziri Zambri Abdul Qodir bilan o‘tkazilgan muzokarada ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Zambri Abdul Qodir birinchi O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumi O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashrifi doirasida tashkil etilganini alohida ta’kidlab, ikki mamlakat ta’lim tizimi o‘rtasidagi hamkorlik  yanada integratsiyalashuviga yuqori baho berdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Malayziya universitetlari o‘rtasida qo‘shma tadqiqot loyihalarini rivojlantirish uchun qo‘shma moliyalashtirish grantlari tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bugungi kunda mamlakatlarning taraqqiyoti nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar, balki yuqori texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va muhandislik sohasidagi yutuqlar bilan belgilanmoqda. Shu nuqtai nazardan energetika va aerokosmik texnologiyalar kabi strategik yo‘nalishlarda qo‘shma tadqiqot dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilg‘or tadqiqot markazlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligi muzokaralarda alohida ta’kidlandi. 

Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Malayziyaning Heriot-Watt universiteti hamkorligida mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarga qaratilgan R&D markazini tashkil etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bundan tashqari, Malayziyaning yetakchi oliygohlari bo‘lgan Malaya universiteti va Teknikal Malaysia Melaka universiteti bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yozgi maktab dasturlarini joriy qilish ham ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirishi kutilmoqda. Bunday amaliy loyihalar yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy tajriba almashinuvini rag‘batlantirib, ikki davlat taraqqiyoti uchun muhim poydevor yaratadi.

Fan va ta’lim, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik ham tashrif doirasida alohida ahamiyat kasb etdi. Malayziya fan, texnologiya va innovatsiyalar vaziri Chang Li Kan bilan uchrashuvda turizm, yashil iqtisodiyot va yuqori texnologiyalar sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 

Joriy yil avgust oyida Teknikal Malaysia Melaka universitetida lider ayollar sammitini tashkil etish ham kelishilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. Binobarin, vodorod energetikasi, sun’iy intellekt va biotexnologiyalar (oziq-ovqat xavfsizligi hamda tibbiyot sohalari) bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashrif doirasida O‘zbekistonning “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Malayziyaning “MRANTI” agentligi ofisini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Agentlik orqali texnologiyalar transferini amalga oshirish, yoshlar texnoparki a’zolari uchun seminar-treninglar o‘tkazish, Malayziya texnologiyalari bilan ko‘rgazmalarda ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi tashrif O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishi va kelgusida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishiga ishonch bildirildi.

Oliy darajadagi tashrif doirasida Sulton Idris nomidagi pedagogika universitetida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri hamda ikki mamlakat turizm sohasi, milliy madaniy buyumlari va liboslarini namoyish etuvchi ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda 2000 nafarga yaqin ishtirokchi, shu jumladan, Malayziyaning 30 ga yaqin yetakchi oliygohlari rahbarlari ishtirok etdi. Mehmonlarga yurtimizning boy ilmiy va madaniy merosi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayoni haqida hikoya qiluvchi videolavhalar taqdim etildi. 

Shu kunning o‘zida Sulton Idris nomidagi pedagogika universitetida “Birinchi O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda O‘zbekistonning 25 ta oliygohi rektorlari hamda Malayziyadan oliy ta’lim vaziri Zambri Abdul Qodir boshchiligida yetakchi oliygoh rektorlari ishtirok etdi. Forumdagi muzokaralar davomida ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish va global miqyosdagi ta’lim standartlariga integratsiyalashuv masalalari ham keng muhokama qilindi.

– Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim munosabatlari tarixida muhim bosqich bo‘ldi, chunki biz oliy ta’lim kelajagi va uning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishdagi muhim rolini muhokama qilish uchun yig‘ildik. Mazkur forumning o‘ziga xosligi uning Malayziyada ilk bor o‘tkazilayotganligi bo‘lib, ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichda rivojlanishi ramzi hisoblanadi. Malayziyava O‘zbekiston madaniy va ta’lim sohasidagi yuksak yutuqlarga ega bo‘lgan boy merosga ega va bugungi kunda biz ushbu poydevorga asoslanib, o‘zaro manfaatli bo‘lgan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqdamiz. O‘zbekiston va Malayziya universitetlari vakillaridan iborat ushbu forum fikr almashish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari uchun yaxshi platforma bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildiraman, – deya ta’kidladi Sulton Idris nomidagi pedagogika universiteti direktorlar kengashi raisasi Rohani Abdulloh. 

Ta’kidlash o‘rinliki, forum natijasida 55 ta hamkorlik kelishuvi imzolandi va istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Toshkent davlat transport universiteti va Malayziyaning “Khazanah Nasional Berhad” kompaniyasi hamkorligida Xazanax Yoshlar rivojlanish dasturida talabalar ishtirokini ta’minlash, Farg‘ona politexnika instituti va Malayziyaning INTI xalqaro universiteti hamkorligida dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, Urganch davlat universiteti va Malayziya xalqaro islom universiteti hamkorligida yangi tipologik uylarni qurishda konstruktiv yechimlar laboratoriyasini tashkil etish kabilar shular jumlasidandir.

Perlis universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida yashil iqtisodiyot va inklyuziv ta’lim mezonlariga asoslangan qo‘shma magistratura dasturlarini joriy etish kabi muhim tashabbuslar qabul qilindi. Utara universiteti bakalavriat dasturlarini AACSB  (Association to Advance Collegiate Schools of Business) standartlari asosida Termiz davlat universitetida joriy etish, 100 nafar malayziyalik talabaning Samarqand shahriga ta’lim-turizm shaklidagi tashrifi, 70 nafar o‘zbekistonlik talabaning Malayziyada almashinuv dasturlari doirasida o‘qishi  begilab olindi. 

O‘zbekiston oliy delegatsiyasining Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahriga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim, fan, madaniyat va innovatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Ikki tomonlama kelishuvlar asosida 95 nafar professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar Malayziyada malaka oshirishi hamda 40 nafar malayziyalik mutaxassisning O‘zbekistonda ma’ruza o‘qish uchun kelishi belgilandi.

Imzolangan memorandumlar va hamkorlik loyihalari O‘zbekiston – Malayziya o‘rtasidagi fan va ta’lim, innovatsiyalar sohalaridagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi hamda uzviy ilmiy, akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV,

 oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiyot mamlakatning bir qanoti bo‘lsa,  uning ta’limi ikkinchi qanoti