
“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar qilishicha, Toshkentga yangi 3 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi. Poyezdlar 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
Qayd etilishicha, yil boshidan beri poytaxt metrosiga 9 ta yangi harakat tarkibi olib kelindi. Natijada metropoliten parkida zamonaviy yangi harakat tarkiblari ulushi 50 foizdan ortdi. Joriy yilning fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalashtirilgan.
Metro vagon parklarini yangilashdan maqsad belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartirishdan iborat.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA