AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Mutaxassisga ko‘ra, 2025 yil davomida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh tarkibi hamda hududlarda o‘rganish ishlarini olib borish reja-grafigi tasdiqlandi. 

Endilikda har oyda reja-grafik asosida hududlarda ishlar tashkil etiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantirilib, xotin-qizlarning muammolarini hal etish choralari ko‘rib boriladi.

Xotin-qizlar o‘rtasida va oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha “Xo‘jayli tajribasi” yaratilib, respublikaning barcha hududlariga tatbiq etildi. 

Shuningdek, Pillachilik sohasida ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularning ushbu sohada bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, barcha hududlarda ijroga qaratildi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantiriladi