
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu jadvaldan mamlakatimizning 6 nafar bokschisi joy oldi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, Hasanboy Do‘smatov minimal vaznda ikkinchi o‘rindan joy oldi. Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarim yengil vaznda vaqtinchalik chempion deya e’tirof etildi. Ushbu vazndagi yana bir bokschimiz Otabek Xolmatov o‘tgan oydagi singari 4-o‘rinda qoldi.

Yarim o‘rta vazn toifasida Shahram G‘iyosov hamon birinchi bo‘lib turgan bo‘lsa, Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasi 4-o‘rinda qoldi. Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vaznda 3-o‘rindan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA