O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Malayziya Milliy davlat boshqaruvi instituti (INTAN) mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, xususan istiqboldagi rejalar xususida o‘zaro fikr almashildi.

Qayd etish lozimki, INTAN 1959 yilda Port-Diksonda joylashgan “Davlat xizmatchilari uchun o‘quv markazi” sifatida tashkil etilgan. Markazning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarini, ayniqsa, mustaqillikdan so‘ng mamlakat taraqqiyoti muammolarini hal etish uchun zarur bilim va tajribaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashdan iborat edi.  

1972 yilda o‘quv markazi rasman institutga aylantirildi va rasmiy ravishda “Tadbiran Avam Negara” Instituti (INTAN) nomi bilan tanilgan. Maqomdagi bu o‘zgarish ushbu yangi shakllanayotgan mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni yo‘q qilishga qaratilgan Milliy iqtisodiy siyosat (NEP 1971-1990) doirasida markazning roli va mas’uliyatining ortishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.  

INTAN Davlat xizmatlari departamenti bilan hamkorlik davlat xizmatchilarini nafaqat zarur shart-sharoitlar va o‘qitish bilan ta’minlash, balki keyingi ta’lim va martaba ko‘tarilishi uchun stipendiyalar, nafaqalar, grantlar va hokazolar bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, uchrashuvda joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi haqida ham keng ma’lumotlar berildi. Bu haqda maxsus taqdimot va videorolik namoyish qilindi va Samarqand anjumaniga tayyorgarlik ishlari, maqsad va rejalar haqida axborot berildi.  

Ma’lumki, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand anjumani tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, 2023 yilda YUNESKO tomonidan 43-sessiyasini 2025 yilda Samarqand shahrida o‘tkazish bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.  

Uchrashuv so‘ngida Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Adham Bekmurodov INTAN faxriy mehmonlar kitobiga esdalik dastxat yozib qoldirdi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya Milliy davlat boshqaruvi instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi