Angliyaning Liverpul shahrida nikotin qaramligidan aziyat chekayotgan o‘smirlarga yordam ko‘rsatuvchi maxsus klinika faoliyat ko‘rsata boshladi. Sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) doirasidagi mazkur ilk tashabbus 11-15 yoshli o‘smirlar o‘rtasida kuchayib borayotgan elektron chekish vositasiga tobelik  muammosiga qarshi kurashishga qaratilgan, deb yozgan “The Guardian” nashri.

“Action on Smoking and Health” (ASH) tashkiloti tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, elektron sigaret tatib to‘rgan bolalar soni sezilarli darajada oshgan. 2023 yil 11-18 yoshlilarning 18 foizi shunday tamaki “mazasi”ni bilgan. Bu 2022 yildagi 20 foizdan past bo‘lsa-da, 2019 yildagi 13 foizdan ko‘p. Qolaversa, qariyb 7,2  foiz o‘smir ayni mashg‘ulotga muntazam murojaat qilishi aniqlangan.

– Veyping iste’mol qiladigan yoshlar tashvishlanarli darajada ko‘paygani va bu odat oqibati hali to‘la o‘rganilmagani shoshilinch choralar ko‘rishni talab etadi, – deydi pediatriya bo‘yicha maslahatchi, professor Reychel Isba. – Klinikamiz nikotin qaramligidan aziyat chekayotgan yoshlarga yordam ko‘rsatish va ularni bu odatdan xalos qilish maqsadini ko‘zlaydi.

Shifoxonada davolanish jarayoni individual tartibda kasallikni yengish, psixologik ko‘mak berish va tengdoshlar tomonidan ehtimoliy bosimni yo‘qotishga qaratilgan yordam choralarini o‘z ichiga oladi. Ayni damda, tibbiyot xodimlari tegishli ma’lumotlarni yig‘ib, muayyan uslublarni jarayonga moslashtirish uchun maktablar bilan ham ish olib boradi.

Veyping iste’mol qilishning yoshlarga salbiy ta’siri haqida ma’lumot kamligi muammoni bartaraf etish yo‘ldagi asosiy to‘silardan biridir. Ba’zan o‘smir nikotinga emas, elektron sigaretdan foydalanish jarayoniga qaram bo‘lib qolishi mumkin. Shuningdek, noqonuniy ishlab chiqarilgan veyplar keng tarqalishi ham masalani chigallashtirmoqda.

“Alder Hey” jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, maktablarda musodara qilingan har oltinchi elektron sigaret tarkibida sintetik material boriligi aniqlangan. Bu holat davolash jarayonini sezilarli darajada qiyinlashtiradi.

Aziza Alimova tayyorladi. O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyada elektron sigaretga qaram bolalar uchun ilk shifoxona ochildi