Malayziya jahon bozorida o‘z o‘rniga ega, iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining asosiy qismi, ya’ni yalpi ichki mahsulotining 46 foizini sanoat, 41 foizini xizmat ko‘rsatish sohasi tashkil qiladi. An’anaviy va suyultirilgan gazni qayta ishlash, neft konlari va to‘qimachilik sanoati bo‘yicha Malayziya dunyoda 3-o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston va Malayziya iqtisodiy, siyosiy hayotida joriy yilning 4-5 fevral kunlari muhim tarixiy sana sifatida muhrlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bosh vazir Anvar Ibrohim taklifiga binoan ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri, dotsent Mehri Vohidovaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik so‘nggi yillarda sezilarli darajada faollashgan. Davlatlarimiz savdo hajmini oshirish, sarmoyaviy loyihalarni kengaytirish va o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni dadil ilgari surmoqda. 

Mutaxassisning qayd etishicha, Malayziyaning neft zaxirasi miqdori besh milliard barrel atrofida baholangan. Uning sifat ko‘rsatkichi dunyoda eng yuqori hisoblanadi. Mamlakatda kuniga qazib olinadigan 730 ming barrelga yaqin tabiiy neftning asosiy qismi eksport qilinadi. Tabiiy gaz zaxirasi taxminan uch milliard kub/metr. Ishlab chiqarish hajmi yiliga bir yarim trillion kub/fut. Palma yog‘i, tabiiy kauchuk, qalay konsentrati va yog‘och mahsulotlari sifati bo‘yicha ham Malayziya dunyo yetakchilari qatorida e’tirof etiladi.

O‘zbekistonning ham, Malayziyaning ham iqtisodiy salohiyati ortib borayotgani o‘zaro savdo aylanmasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, 2020 yil savdo aylanmasi 75,76 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 190 million dollarga yetgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Malayziyaga paxta va to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari yetkazib bermoqda. Malayziyadan esa yurtimizga palma yog‘i va oziq-ovqat, elektronika va texnologiyalar, kimyoviy va sanoat mahsulotlari kirib keladi.

Davlatlarimiz o‘rtasida bir nechta yirik sarmoyaviy loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Xususan, “Petronas” kompaniyasi neft va gaz sohasidagi mahalliy loyihalarda ishtirok etyapti. Qayta tiklanadigan energiya yo‘nalishida ham yangi loyihalar muhokama qilinmoqda. Malayziyaning halol turizm tajribasi respublikamizda jadal rivojlanayotgan ziyorat turizmi bilan uyg‘unlashmoqda. Hamkor kompaniyalar Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida mehmonxona biznesiga sarmoya kiritmoqda. Qolaversa, malayziyalik yirik investorlar diyorimizda to‘qimachilik ishlab chiqarish korxonalari ochishga qiziqish bildirmoqda. Farmatsevtika sohasida esa dori-darmon ishlab chiqarish va sertifikatsiya bo‘yicha sheriklik rivojlanmoqda.

O‘zbekistonda ish yuritayotgan 33 ta Malayziya bilan bog‘liq korxonaning 16 tasi 100 foiz xorijiy kapital hisobidan tashkil etilgan. Masalan, qiymati 250,3 million dollarga teng “Serba Dinamik Holdings Bhd” zavodi yiliga 30 ming tonna kaliy va kaustik sodani qayta ishlaydi. “Meraque Group” kompaniyasi esa qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dron ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Buning uchun 4,7 million dollar sarmoya yo‘naltirilishi, 1000 ta yangi ish o‘rniga ega korxona ochilishi kutilyapti.

Bugungi kunda Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi va “Batik Air Malaysia” aviatashuvchisi tomonidan haftasiga 4 ta reys qo‘yilgan. Savdo va investitsiya aloqalarini yanada rivojlantirish uchun qator yangi va dolzarb yo‘nalishlar aniqlab olingan. Jumladan, ekologik toza texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or hisoblangan Malayziya va qayta tiklanadigan energiya manbalariga keyingi paytda ustuvor ahamiyat berayotgan O‘zbekistonning birgalikdagi sa’y-harakatlari sezilarli ijobiy natija berishi tayin. Respublikamizda boy ish tajribasiga ega “Petronas” kompaniyasi bu boradagi istiqbolli hamkor sifatida ko‘rilyapti.

Malayziya musulmon sayyohlarga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirish bo‘yicha ulkan tajribaga ega. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari – Samarqand, Buxoro va Xivada Malayziya investitsiyasi bilan xalqaro standartga mos mehmonxonalar, restoranlar ochish, yangi zamonaviy turistik majmualar barpo etish mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, Janubiy-sharqiy Osiyoning bu mamlakati dunyoning eng yirik palma yog‘i ishlab chiqaruvchilaridan biri sanaladi. Demak, yurtimizda palma yog‘idan mahsulot ishlab chiqarish korxonalari tashkil qilish imkoni bor. Hamkorlari bilan barga oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash va eksport qilishni yo‘lga qo‘yish salohiyati mavjud. Qolaversa, quyoshga to‘yingan, sarxil meva-cheva, sabzavot – gilos, uzum, anor, qovun, sabzi, piyoz, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari – tayyor matolar, farmatsevtika mahsulotlari, metall va mineral resurslar – mis, oltin, uran, qurilish materiallari eksportini yo‘lga qo‘yish, Malayziyadan palma yog‘i va mahsulotlari, kakao, qahva, kokos, elektronika va maishiy texnika, kimyo sanoati mahsulotlari (yog‘-moy sanoati uchun xom ashyo), avtomobil va ehtiyot qismlar import qilish har ikki tomon uchun manfaatli. O‘zbekiston jahon bozoriga paxta va ip-kalava yetkazib beruvchi yirik davlat sifatida Malayziya bilan birga xalqaro talabga mos, raqobatbardosh brendlar yarata oladi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadal rivojlantirish har ikki mamlakat uchun foydali bo‘lib, yangi loyihalarni ilgari surish, sarmoya jalb qilish imkoniyati tobora kengaymoqda.

O‘zA muxbiri Go‘zal Sattorova yozib oldi 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Malayziya: savdo va iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanadi