Bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali fuqaro boshqaruvida harakatlangan yengil avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtotransport vositasining orqa eshigi ichki qoplamasida xufiyona yashirib joylashtirilgan 1 dona zarli qog‘oz o‘ramida 529 gramm gashish giyohvandlik vositasi fosh etildi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Raqamlarga ko‘ra, 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yo‘nalishida 78 ta holatda 75 kgdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona postida “gashish” giyohvandlik vositasi fosh etildi