Vatanimiz tarixidagi 4 fevral sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1891 yil (bundan 134 yil oldin) – Turkiston general-gubernatorligi Samarqand musiqali drama jamiyati tuzilgani haqidagi hujjatni imzoladi, uning Nizomini tasdiqladi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Rossiya imperiyasi madaniyat sohasidagi o‘z hukmronligini ta’minlash va mustahkamlash maqsadida Turkistonda turli jamiyatlar, uyushmalar, guruhlar tashkil etdi. Samarqandda yuqorida nomi qayd etilgan jamiyatni tuzishdan asosiy maqsad bu yerda san’atning ikki janri – rus musiqasi va dramatik asarlarini kengroq yoyishdan iborat edi. Ayni paytda Turkistondagi rus ma’muriyati bunday tadbirlarni uzoqni ko‘zlagan holda olib bordi. Bosh maqsad ruscha usullarni mustahkamlash asosida Turkistonda mustamlakachilik siyosatini kuchaytirish edi. Bu jamiyatlarda mahalliy aholidan biron kishining yo‘qligi ham buning dalilidir.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Turkiston Respublikasi xalq maorifi komissarligi (vazirligi) huzuridagi fotokino bo‘limining xususiy kinematografik tashkilot, muassasalar mulkini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi. 

Unga binoan, qaror e’lon qilingan kundan boshlab 5 kun mobaynida kinematografik tashkilot, muassasalar, omborxonalar, xususiy shaxslar o‘z idoralari, uylaridagi barcha kinematografik asarlarni, apparat va texnik uskunalarni fotokino bo‘limiga avval ro‘yxatini, so‘ngra barcha asar va texnik uskunalarning o‘zini topshirishi lozimligi qayd etildi. 

Shuningdek, xalq maorifi komissarligining ushbu qaroriga asosan Turkiston o‘lkasi hududida joylashgan barcha xususiy shaxslardagi kinematografik lentalar, ular qay holatda bo‘lishidan qat’i nazar, nomlanishi, hajmi, ishlab chiqarilgan vaqti, muallifi, g‘oyasi ko‘rsatilgan holda hisobga olinishi shartligi ko‘rsatildi. 

Tagixchi Barno O‘ngboyevaning qayd etishicha, shu kundan boshlab kinematografik lentalar, apparatlar, asarlarni sotish, sotib olish faqat Turkiston xalq maorifi komissarligi huzuridagi fotokino bo‘limi ruxsatnomasi asosida amalga oshirilishi shartligi belgilab qo‘yildi. Bunday ma’lumotlarni taqdim etmagan barcha jismoniy shaxslar mulklari hukumat tomonidan musodara qilinishi mumkinligi qayd etildi.

1990 yil(bundan 35 yil oldin) – tarixchi olim Sotimjon Xolboyevning qayd etishicha, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (hozirgi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi)da oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarining kengashi chaqirilib, unda birinchi marotaba O‘zbekiston tarixini oliy o‘quv muassasalarida o‘qitish masalasi ko‘tarildi. Shu kengash xulosasi asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari N.Naumenko imzosi bilan buyruq chiqarildi. Unda O‘zbekiston tarixi fanini barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish uchun fanga jami o‘ttiz soat ajratilgani ko‘rsatildi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasi (The International Road Transport Union)ga a’zo bo‘ldi. Mazkur tashkilot avtomobil transporti sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilot bo‘lib, dunyo bo‘ylab yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini rivojlantirish va tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodini, uning boy ilmiy-adabiy merosini o‘rganish, asarlarini yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi muassisligida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Xo‘ja Uchqun, Jaloyiq va Gulzor mahallalari tutashgan hududdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari hisobidan 210 gektar yer uchastkasida «Yangihayot» industrial texnoparki tashkil etildi. 

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston tarixi fani qachondan o‘qitila boshlangan?