AQSH Prezidenti Donald Trampning Kanada, Xitoy va Meksikaga maxsus boj joriy etish qarori butun dunyoda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan global savdo urushidan xavotirni kuchaytirdi. Bu haqda “Euronews” yozdi.

– Ayni dam Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga qo‘shimcha tarif qo‘llanishidan xabardor emasmiz, – dedi tashkilot vakili. – AQSH bilan savdo va sarmoyaviy aloqa juda muhim. Salohiyatimiz yuqori. Ikki tomon ham mavjud munosabatni mustahkamlashga intilishi kerak. YeI past tarif kuchli, muayyan qoidaga asoslangan savdo tizimi doirasida o‘sishni, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashiga qat’iy ishonadi. Shu bilan birga tovarlarga adolatsiz yoki o‘zboshimchalik bilan boj joriy qilgan har qanday savdo sherigiga qat’iy javob beradi.

Yevrokomissiya avvalroq shunday degan edi:

– Umumiy tarif choralari biznes xarajatini oshiradi, ishchilar va iste’molchilarga zarar yetkazadi, iqtisodiy tanazzul keltirib chiqaradi, inflyatsiyaga yo‘l ochadi. Bu barcha tomonlar uchun zararli.

– Global tovar va xom ashyo almashinuvi hammamizga farovonlik olib kelgan buyuk muvaffaqiyat tarixi ekanligini isbotladi, – dedi Germaniya Kansleri Olaf Shols. – Demak, dunyoni har xil bojxona to‘siqlaridan ozod qilish kerak.

Bir necha kun oldin Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Kosta agar Vashington boj joriy qilsa, YeI o‘z manfaatini himoya qilishga tayyorligini bildirgan edi:

– AQSH ham Yevropa ham o‘z manfaatini himoya qiladi, bu xalqaro munosabatlarning bir qismi. Menimcha, muammolarni oldindan bashorat qilish yoki shishirishning hojati yo‘q. Ular o‘zini qanday tutsa, biz ham shunday munosabatda bo‘lamiz.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Global savdo urushi boshlanadimi?