SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi“ davlat muassasasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati Urganch shahar, Gurlan ko‘chasi 4-daha, 36/4-uy manzilida joylashgan “M-MED-FARM” XKga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzgani aniqlandi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, sifatsiz va tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarini saqlayotgan va realizatsiya qilayotgan “M-MED-FARM” XKning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.  

Hamda “M-MED-FARM” XKga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022 yil 3 iyunda berilgan AA 590-sonli litsenziya bekor qilindi.  

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritildi.  

M.Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz dori vositalarini sotayotgan dorixona litsenziyasi tugatildi