Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan va yangidan bunyod etilgan “Navoiy” chegara bojxona postini qayta rekonstruksiya qilish davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan edi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda tashqi siyosatda qo‘shni davlatlar bilan faol tarzda olib borilayotgan o‘zaro do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik va hamkorlik aloqalari chegara-bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar va transport vositalari oqimining oshishida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 

Ahamiyat bering, birgina O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara o‘tkazish punktlari orqali 2024 yilda kuniga o‘rtacha 31 ming nafardan ziyod, yiliga esa salkam 11,4 million nafar yo‘lovchi o‘tib-qaytgan. 

Xususan, “Navoiy” chegara bojxona posti yopilguniga qadar, ya’ni 2022 yilning o‘zida bu yerdan bir yilda o‘rtacha 1 million nafar yo‘lovchi harakatlangan. 

Ayni raqamlar avtotransport vositalari misolida ko‘rilsa, O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasida o‘tgan yilda 1 million 213 mingdan ortiq yuk va yengil avtotransport vositalari harakatlangan. Bu raqam 2023 yilga nisbatan 27 foizga oshgan. 

Zamonaviy qiyofadagi “Navoiy” chegara-bojxona postida fuqarolar uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega keng va yorug‘ zallar, avtobus va yengil avtotransport vositalari hamda ularda harakatlanayotgan yo‘lovchilar uchun alohida yo‘laklar tashkil etilgan. 

Tabiiyki, yangi postning o‘tkazuvchanligi ham oshdi. Ilgari bu yerdan kuniga o‘rtacha 5 ming yo‘lovchini o‘tkazish mumkin edi, hozir bu raqam 15 mingga yetdi. 

Shuningdek, post orqali yengil avtotransport vositalarini o‘tkazish imkoniyati ham 4 barobarga oshib, kuniga 600 ta yengil avtomashinalar emin-erkin harakatlana oladi. 

Bojxona postiga tutash hududda bir vaqtda 500 dan ortiq yengil avtotransport vositalari, 100 dan ortiq avtobuslarni qabul qilish imkoniyatiga ega zamonaviy avtoturargoh barpo etilib, unda xalqaro yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus va yengil avtotransport vositalari, shuningdek mahalliy yo‘nalishdagi jamoat transportlari hamda taksi xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. 

Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XtEbLq4GXe8" title="“Navoiy” chegara bojxona posti ikki yillik tanaffusdan soʻng qayta ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiy” chegara bojxona posti ikki yillik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi (+video) 