Qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatni aholi turmush darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida bo‘lishiga erishish maqsadida mahalliy kengashlar deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar davom ettirilmoqda.

Mahalliy kengashlarni tizimlashtirish va funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida “Kuchli kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini ilgari surish yuzasidan qonunchilik hujjatlari takomillashtirildi.  

Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy-huquqiy asoslari mustahkamlandi. Ularning doimiy asosda faoliyat yurituvchi kotibiyatlari tashkil etildi. Doimiy komissiyalar Senat qo‘mitalariga uyg‘un tarzda qayta shakllantirildi.  

Bu fikrlar Senatda “Mahalliy kengashlarning doimiy komissiyalari faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan seminarda qayd etildi.  

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 2 fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan ijro etuvchi hokimiyatning jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishga oid 33 funksiya va vakolati mahalliy kengashlarga o‘tkazilgani qayd etildi.  

Seminar doirasida mahalliy kengashlarning korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari mahalliy kengash sessiyasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishi zarurligiga e’tibor qaratildi.  

Tadbirda muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.  

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi roli kuchaytirilmoqda