Assalomu alaykum. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi virtual muxbiri sizlarni o‘tgan haftada sodir bo‘lgan muhim voqea va hodisalar tafsilotlari bilan tanishtiradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dYFp7e2y0pM" title="Hafta dayjesti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

«Manchester Siti» jamoasi Abduqodir Husanovni «Lans» jamoasidan qirq million yevroga sotib olganini rasman e’lon qildi. O‘zbekistonlik futbolchi «shaharliklar» bilan ikki ming yigirma to‘qqizinchi yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Yigirma yoshli Abduqodir Husanov APLda o‘ynaydigan ilk o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi hokimi Akmaljon Mahmudaliyev faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod qilingan edi.

***

Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga O‘zbekiston Respublikasi Prezident nomidan BYD avtomobillari sovg‘a qilindi.

Mukofotni topshirish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

***

Urganch—Qo‘ng‘irot—Urganch yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Qatnov yigirmanchi yanvardan boshlab Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikdan amalga oshirilmoqda.  

Ma’lumot uchun, Amudaryo ustidan o‘tuvchi temiryo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigi ikki ming yigirma to‘rtinchi yilning yigirma to‘qqizinchi fevral kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochib berilgan edi.  

***

Toshkent—Xojikent temiryo‘li bir yarim kilometrga uzaytirildi. Yigirma ikkinchi yanvar kuni yangi "Chinorkent" bekati ishga tushirildi. Shuningdek, bu yerda bir yuz ellik metr uzunlikdagi perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun sirg‘anishga qarshi plitalar o‘rnatildi va yo‘lovchilar uchun yerosti tunneli barpo etildi.

***

O‘zbekistonda Germaniya mehnat bozori uchun yuk mashinasi haydovchilari tayyorlanadi. Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH Wyest GmbH hamda "Vatanparvar" tashkilotlari o‘rtasida imzolangan uch tomonlama kelishuvga ko‘ra, yetti yuz nafar o‘zbekistonlik yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida O‘zbekiston hududida nemis tiliga o‘qitiladi. Yaqin kunlarda yangi guruhlar ochilishi va keng miqyosli o‘qishlar boshlanishi ma’lum qilindi.

***

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli lavozimidan ketishga qaror qildi. Sloveniyalik murabbiy o‘z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to‘laqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib o‘tgan yili Olimpiya terma jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgan Timur Kapadze tayinlandi.

***

Bugunga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz shulardan iborat. O‘zbekiston Milliy axborot agentligini kuzatishda davom eting.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hafta dayjesti