Shahrisabz tumanining G‘elon qishlog‘i purviqor tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim go‘sha hisoblanadi. Hududning tabiati yilning hamma fasllarida ham ajoyib va fusunkor. Shu bois qishloqni o‘rab turgan tog‘larda ekoturizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat va imkoniyat mavjud.

Ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbarining 2024 yil 5 dekabrda “G‘elon” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobiga Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi olis tog‘li G‘elon qishlog‘i hududida 2030 yilgacha bosqichma-bosqich “G‘elon” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etilishi belgilangan.

Viloyat turizm va madaniy meros boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qaror ijrosi doirasida ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Xususan, berilgan topshiriqqa asosan investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan qariyb 3 ming gektarga yaqin yer maydonining boshlang‘ich narxi, daraxtzorlarga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash, so‘nggi 5 yilda tushgan hamda keyingi o‘n yillikda tushadigan soliq tushumlari to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlangan. 

“G‘elon” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasini tashkil etish yuzasidan viloyat hokimi qaror loyihasi belgilangan tartibda tizimga yuklangan.

[gallery-21441]

Yuqoridagilarga qo‘shimcha tarzda, investor tomonidan investitsiya loyihasi doirasida amalga oshiriladigan infratuzilma ob’ektlarini bosqichma-bosqich ishga tushirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan umumlashtirilib 2025 yilning 10 fevralida birlamchi taqdimot loyihasini taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2024 yil 5 iyundagi tegishli qaroriga asosan Shahrisabz tumani Hisorak qishlog‘idan G‘elon qishlog‘igacha, Hisorak qishlog‘idan Sarchashma qishlog‘igacha bo‘lgan yo‘llarni 33 kilometrini, G‘elon qishlog‘idagi turizm ob’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash belgilangan. 

Ushbu topshiriqlardan kelib chiqqan holda, Shahrisabz tumani Hisorak qishlog‘idan G‘elon qishlog‘igacha, Hisorak qishlog‘idan Sarchashma qishlog‘igacha bo‘lgan yo‘llarni 33 kilometrini 3-toifaga moslab rekonstruksiya qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan loyiha qidiruv va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, elektr, ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurish bo‘yicha ham tender tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari boshlangan. 

Albatta, bu kabi yirik loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi, kelgusida G‘elon qishlog‘i hududida shinam mehmonxonalar, savdo majmualari, tamaddixonalar, ekstremal sayohat qilish imkoniyatlari yaratilishiga, eng muhimi hududda minglab yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘elonda umummavsumiy tog‘ chang‘i kompleksi quriladi