Gulmira Ochilova: Bulat Soliyev – birinchi o‘zbek tarix professori (+video)

Po‘lat (Bekbulat)Majidovich Soliyev – birinchi o‘zbek tarix professori. U o‘z asarlarida sovet mafkurachilari tomonidan ayovsiz tahqirlangan Amir Temur shaxsiyatini ochib bergan. Xalqni o‘zining haqiqiy tarixi bilan tanishtirish yo‘lidagi harakatlari ortidan tarixchi olim sovet maxsus xizmatlari tomonidan ta’qibga uchraydi va qamoqqa olinadi. U “millatchilik va panturkistik” g‘oyalarni targ‘ib qilishda ayblanib, 1938 yil 28 fevralda otib tashlanadi.
Po‘lat Soliyev — O‘zbekiston ilm-fanining taniqli arbobi, Vatanimiz va umuman, O‘rta Osiyoda yangi tarixshunoslik ilmiy maktabining asoschilaridan biridir. Bugungi videolavhamizda Tarix instituti katta ilmiy xodimi Gulmira Ochilova professorning xayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumot beradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ikpcJeoJFT8?si=OfLMaHctKXdJGPxV" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov,O‘zA