Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan an’anaviy “Tata Steel Chess-2025” turnirining ortda qolgan 7-turidan keyin “Masters“ guruhida hindistonlik Dommaraju Gukesh 5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga yetakchiga aylangan bo‘lsa, 5 ochko jamg‘argan Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rinda, Rameshbabu Pragnanandxa 3-o‘rinda bormoqda.

Kecha o‘tkazilgan 7-tur o‘yinlarida niderlandiyalik Anish Giri bilan kuch sinashdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinning 31-yurish holatiga kelib, tomonlar murosa yo‘lini tanladi.

Ushbu turda g‘oliblikka da’vogarlik qiladigan shaxmatchilardan Rameshbabu Pragnanandxa niderlandiyalik Yorden van Forest bilan durangga erishgan bo‘lsa, Gukesh hamyurti Pentala Xarikrishnadan ustun keldi. 4-o‘rinda borayotgan asli rossiyalik, hozirda Sloveniya sharafini himoya qilayotgan Vladimir Fedoseyev oq donalarda germaniyalik Vinsent Keymerni mag‘lubiyatga uchratdi.

“Chellenjer“ guruhida dona surayotgan Nodirbek Yoqubboyev 7-turda qora donalarda turkiyalik Ediz Gyurelga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 26 yanvar kuni o‘tadigan 8-turda Yoqubboyev guruhda 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda borayotgan ruminiyalik Irina Bulmaga bilan ro‘baro‘ keladi. Ushbu o‘yinda hamyurtimiz oq donalarda harakatlanadi.

“Masters“ guruhining bugun o‘tkaziladigan 8-turidagi markaziy o‘yinlar Nodirbek Abdusattorov – Vladimir Fedoseyev, Dommaraju Gukesh – Pragnanandxa qarama-qarshiligida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 13 ta turdan iborat “Tata Steel Chess-2025” turniri 2 fevralgacha davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tata Steel Chess-2025”: Abdusattorovning durangga erishishi Gukeshni yetakchilikka olib chiqdi