Kecha futbol bo‘yicha Angliya Premer ligasida 23-tur uchrashuvlari boshlandi.

Mazkur turning “Manchester Siti“ — “Chelsi“ klublari bahsiga “Etihad“ stadioni mezbonlik qildi. Quvonarlisi, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Manchester Siti“dagi debyut o‘yinini o‘tkazdi. U uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 53 daqiqa harakat qildi. O‘yin davomida sariq kartochka olishga ham ulgurdi. Albatta, Abduqodir Husanov mazkur o‘yinda ayrim xatolarga yo‘l qo‘ydi, biroq uchrashuvni yomon o‘tkazmadi.

Darvoqe, ushbu uchrashuvda “Manchester Siti” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natijadan so‘ng “MS” ochkolar sonini 41 taga yetkazgan holda “Chelsi”dan o‘zib ketdi va 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Chelsi” esa 40 ochko bilan 6-o‘ringa tushib ketdi.

Bu o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Manchester Siti“ ustozi Pep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

– Men Husanovni xatolar uchun emas, sariq kartochkasi borligi uchun almashtirdim. Shuningdek, Jon Stounz oz bo‘lsada, o‘ynashi muhim edi. Sababi, u endi jarohatdan qaytdi va o‘yin ritmiga tushib olishi kerak. Bilasiz, Marmush, Husanov va Vitor o‘sha uchrashuvda o‘ynay olmaydi.

Abduqodir Husanov ingliz tilini bilmaydi. Shuning uchun men u bilan gaplasha olmayapman. Yaxshi, unda men rus yoki o‘zbek tilini o‘rganaman.

U uchun oson emas. U bir marta mashq qildi, so‘ngra Nikolas Jekson, Koul Palmer, Noni Madueke, Jadon Sanchoga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri keldi. Bu yosh o‘yinchi, bu jarayonning bir qismi. U hali o‘rganadi. Bunday vaziyatlar o‘yinchining eng yaxshi saboq olishiga sabab bo‘ladi.

Jamoamiz u bilan birga. Hamma xato qiladi. Muxlislarimiz har doim yangi futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaydilar. Abduqodir Husanov hali yosh, o‘rganib ketadi.

Shuningdek, “Manchester Siti“ hujumchisi Erling Holand “Chelsi“ga qarshi bahsdan so‘ng debyut qilgan Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

– Abduqodir Husanov kuchli himoyachi. Bu uning uchun ilk o‘yin edi. Asabiylashish normal holat. Men ham “Liverpul“ga qarshi ilk o‘yinimda shunga o‘xshash holat bo‘lganini eslayman. Unga yana bir nechta o‘yin bering, shunda ko‘rasiz, — dedi norvegiyalik hujumchi.

Endi “Manchester Siti“ ikkinchi fevral kuni APLning 24-turida “Arsenal” maydoniga tashrif buyuradi.

Angliya Premer ligasining 23-turida “Bornmut” – “Nottingem Forrest” 5:0, “Brayton” – “Everton” 0:1, “Liverpul” – “Ipsvich Taun” 4:1, “Sautgempton” – “Nyukasl” 1:3, “Vulverxempton” – “Arsenal” 0:1 hisobidagi natijalar qayd etildi.

Bugun, 26 yanvar kuni APLning 23-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Unda “Kristal Pelas” – “Brentford”, “Tottenxem” – “Lester”, “Aston Villa” – “Vest Xem”, “Fulxem” – “Manchester Yunayted” klublari bahsiga guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov jamoasi g‘alaba qozondi