O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Buxoroda “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta’limga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum o‘tkazildi.

Unda, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.Adilov, Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Z.Xudoyberdiyev, “AVESTOS” GmbH kompaniyasining bosh direktori Klaus Michel, “AVESTOS International” kompaniyasi boshqaruv direktori Antje Strauch, “AVESTOS” GmbH kompaniyasining O‘zbekiston, Vetnam va Xitoydagi loyihalar bo‘yicha menejeri Susan Strauch, Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Naimov, Qashqadaryo viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i O.Mavlonov hamda Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi texnikum direktorlari va 180 nafar ish beruvchi yirik korxonalar vakillari qatnashdi.

[gallery-21431]

Forumda, ish beruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari, nemis va xalqaro standartlar bo‘yicha kasbiy ta’lim tizimi o‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda Germaniyada malaka oshirish borasida taqdimotlar qilindi.  

Forum doirasida Buxoro viloyati texnikumlari hamda ish beruvchi korxonalari o‘rtasida dual ta’limni tashkil etish va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NTtpBYyExvI?si=BuQn9_COOtXBonYQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (video+surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Germaniya: ta’limdagi hamkorlik (+video)