Vatanimiz tarixidagi 26 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Qo‘qon shahrida “G‘ayrat” kutubxonasi tomonidan nashr etilgan, atigi 72 kun umr ko‘rgan Turkiston Muxtoriyatining rasmiy nashri – “El bayrog‘i” milliy gazetasining shu kungi 18-sonida Turkiston Muxtoriyatiga katta umidlar bilan qaragan o‘n to‘qqiz yoshli Abdulhamid Cho‘lponning “Umid Sizdan! Muxtoriyat e’lon etildi!” nomli da’vatnoma makolasi e’lon kilindi. Abdulhamid Cho‘lpon makolada zo‘r umidlar bilan erishilgan Muxtoriyatni Turkiston xalki himoya kilishi kerak degan fikrni ilgari surgan. 

Cho‘lponning ijodini tadqiq etgan olima Saida Yo‘ldoshbekovaning yozishicha, mazkur murojaat Cho‘lponning siyosiy publitsistikasida alohida o‘rin tutadi. O‘ta ehtiros bilan yozilgan murojaatda Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinishi tufayli xalqimizning qullik zanjirlaridan abadiy qutulib ketishiga umid bog‘lagan, erk va mustaqillik quyoshining tobora porlay olishiga qat’iy ishongan va bundan ko‘ngli tog‘day ko‘tarilgan Cho‘lponning qalb urishi baralla sezilib turadi. Turk qavmi yana qaddini tiklashiga, qadimiy davlatchiligiga qaytadan ega bo‘lishiga chin dildan ishonch ufurib turadi:

“Turklar, turk urug‘lari, turk ellari inqiroza, yo‘q bo‘lishga mahkum emaslar. Bular o‘zlarining eski beshiklari bo‘lg‘on Turkistonda yana ilgarigi shavkat va saltanatlarini tirgizarlar. To‘g‘rilik, kenglik, qardoshlik asosig‘a qurilg‘on taxtlarini (millat majlislari demakdir) obod qilurlar. Xususan, bizning Turkiston hech vaqtda ham porloq va oydin ertalardan quruq emas ham quruq bo‘lmas! Chunki turk qaynag‘on yerning ismi Turkiston: Sen qayerliksan deb so‘rama - «Men turkistonlikman!» der va uning yuragi Turkistondadir...”

Mustabidlikning xo‘rliklarini ko‘rgan, alamlarini tortgan Cho‘lpon yurtini bosib olganlarga nisbatan butun millati tilidan baralla aytadi: “Ket, mahv bo‘larsan! Yaqinlama, qul bo‘lursan!” Bunday dadil va keskin javob aytadigan millatda yetarli imkoniyat va kuch bo‘lmog‘i kerak. Buni yozgan publitsist masalaning xuddi shu tomonlarini hisobga olmasa bo‘lmasdi. Bu esa Turkiston Muxtoriyati tashkil topishidek siyosiy voqea haqida yozuvchi publitsistdan siyosiy savodxonlikni, baho berilishi kerak bo‘lgan siyosiy voqealarning mohiyatini chuqur bilishni talab qilardi.

Cho‘lpon 1917 – 1918 yillar siyosiy voqealarining oqimini teranlik bilan kuzatgan, shunchaki kuzatibgina qolmay, aksari hollarda o‘zi ham shu voqealar ichida bo‘lgan, sodir etilayotgan har bir o‘zgarish haqidagi xabarni jon qulog‘i bilan tinglab borgan. Buni mazkur maqoladagi faktlar, voqealar qaydi, ularga bergan bahosi ko‘rsatib turadi. Cho‘lpon butun borlig‘i bilan Turkiston Muxtoriyatining muvaffaqiyatini ta’minlovchi imkoniyat va omillar borligiga chin dildan ishontirmoqchi bo‘ladi. Zotan, erk va mustaqillik shundoqqina yoningda turibdi. Uni tutib qola bilish kerak. Lekin, afsuski, Turkiston Muxtoriyati uzoq yashamadi. Uni bolsheviklar qonga botirdilar. Bu yovuzlikni Cho‘lpon o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi, eng yorug‘ orzularining yana ushalmay qolgani tufayli iztirob chekdi.

1926 yil (bundan 99 yil oldin) – san’atshunos, rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rafail Toqtosh tavallud topdi. U tatar shoiri Hodi Toqtoshning o‘g‘li. Uning ilmiy faoliyati O‘zbekiston tasviriy san’ati masalalarini yoritishga bag‘ishlangan. U 2000 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

1942 yil (bundan 83 yil oldin) – O‘zbekiston hukumati Shimoliy Toshkent kanali kurilishi xaqida maxsus karor kabul kildi. Qarorga asosan, kanal o‘zanini uch navbatda kurib tugallash maksadga muvofik deb xisoblandi. Kanalning birinchi navbati qurilishi – Kaykavus arig‘idan suv oluvchi Damachi arig‘ini kengaytirish va uni bir necha kilometrga uzaytirish, Kuyi Bo‘zsuvda tuproqdan bosh to‘g‘on barpo etish bilan sekundiga 10–15 m3 suv o‘tkazadigan magistral kanal qurishdan iborat edi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatildi. Yaponiya O‘zbekistonning suverinetetini 1991 yil 28 dekabrda tan olgan. 1992 yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1996 yilda esa O‘zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Ikki mamlakat o‘rtasida teng huquqli aloqalar o‘rnatildi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Qoraqalpoq davlat universitetiga Berdaq nomi berildi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Berdaq taxallusi bilan ijod qilgan Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li (1827–1900) qoraqalpoq adabiyotining asoschisi hisoblanadi. Uning asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – kompozitor, dirijyor va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Tolibjon Sodiqov (1907–1957) nomidagi xalqaro musiqiy xayriya jamg‘armasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Tolibjon Sodiqov 1939–1948 yillarda O‘zbekiston kompozitorlari uyushmasining birinchi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – Nepal Federativ Demokratik Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Aviaspotting – belgilangan tartibga asosan aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish, shuningdek ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olish hisoblanadi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – ta’lim va qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni, oziq-ovqat sanoatida yangi mexanizmlarni keng joriy etish, sohada xalqaro talablar asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Cho‘lpon milliy davlatchiligimiz tiklanishi orzusi bilan yashagan edi