Astronomlar, bugun 25 yanvar kunlari tungi vaqtda sayyoralarni ko‘rishni tavsiya qilishmoqda. Ularning to‘rttasini (Uran va Neptundan tashqari) teleskopsiz kuzatish mumkin bo‘ladi. 28 fevral kuni esa paradga Merkuriy ham qo‘shiladi va barcha yetti sayyora (Yerdan tashqari) osmonda ko‘rinadi.
Sayyoralar paradi — bu oddiy ko‘zga ko‘rinadigan bir nechta sayyoralar bir-biriga juda yaqin joylashgan va osmonning tor (20-30 daraja) qismida ko‘rinadigan (yoki ular Quyoshga yaqin bo‘lsa, ko‘rinmaydigan) vaziyat. Sayyoralarning katta paradi besh yoki undan ortiq sayyoralar yig‘ilganda sodir bo‘ladi.
Shuningdek 2025 yil davomida bizni ko‘plab Osmon mo‘jizalari kutmoqda. Ulardan biri - Quyosh tutilishidir. Bu hodisa 29 mart kuni, Quyosh, Oy va Yer bir chiziqqa tizilganda sodir bo‘ladi. To‘liq tutilish faqat Kanadaning janubi-sharqida istiqomat qiluvchilar uchun kuzatiladi — qolgan hududlarda u eng ko‘pi bilan qisman bo‘ladi yoki umuman sezilmaydi.
Keyingisi To‘liq Oy tutilishi. 7 sentyabr kuni sodir bo‘ladi, O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida to‘liq kuzatilib, uzoq vaqt davom etadi.
Superoylar. 2025 yilda ularning uchtasi kuzatiladi: Birinchisi 7 oktyabrda Ovchi Oyi, Qunduz Oyi 5 noyabrda va Sovuq Oy 4 dekabr kuni guvohi bo‘lishimiz mumkin.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/d6FMFjd7GFA" title="2025 yil davomida kuzatiladigan Osmon mo‘jizalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Yana bir osmon mo‘jizasi Shimol yog‘dulari. Quyoshning 11 yillik faollik davri o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetgani sababli, kelgusi 12 oy davomida yog‘dularni 2024 yilga nisbatan ancha tez-tez kuzatish imkoni bo‘ladi.
M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA