Unda qanday masalalar ko‘rib chiqildi?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi yakuniga yetdi.
Uch kun davom etgan yalpi majlisda yigirmaga yaqin masala ko‘rib chiqildi.
Har bir qonun to‘laqonli muhokama etilib, tahlildan o‘tkazilgan holda qabul qilinganini alohida qayd etib o‘tish joiz.
Senat raisi Tanzila Norboyeva boshqarib borgan majlis ochiqlik ta’minlangan holda YouTube tarmog‘i orqali onlayn yoritib borildi.
Yalpi majlis davomida investitsiyalar, oziq-ovqat, yo‘l harakati, omonatlar, ekologiya, propiska, mikromoliyalashtirish, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, jonli ijro, davlat boji, huquqbuzarliklar profilaktikasi, xizmat ko‘rsatgan ekolog hamda Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga oid qonunlar ma’qullandi.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/e7jCLxY0vPk" title="SENAT: uchinchi yalpi majlis yakunlandi. Unda qanday masalalar ko‘rib chiqildi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>“Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun esa takomillashtirilishi zarur bo‘lgani uchun rad etildi.
Videolavhamizda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun bo‘yicha senatorlar va mutaxassislar bildirgan fikrlar bilan tanishasiz.
Norgul Abduraimova,
Doniyor Yakubov (video), Ulug‘bek To‘xtayev (montaj), O‘zA