Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida sport kurashlari bo‘yicha "Ivan Yarigin" xotirasiga bag‘ishlangan XXXVI xalqaro turnirda 24 ta mamlakatning 475 nafar sportchilari orasida o‘zbekistonlik sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Xalqaro turnirning kecha o‘tkazilgan bellashuvlarida ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Aktenge Keunimjayeva shiddatli bahslar yakunida bronza medaliga ega chiqdi. Hamyurtimiz 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Belarus vakili Kseniya Stankevichni mag‘lub etdi.   

Bugun, 25 yanvar kuni xalqaro turnir dasturidan o‘rin olgan musobaqalarda terma jamoamiz a’zosi Layloxon Sobirova oltin medal uchun gilamga chiqadi. Kecha Layloxon yarim finalda rossiyalik raqibini bir daqiqa ichida mag‘lubiyatga uchratgan edi.   

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Laylo Sobirova Krasnoyarsk turnirida oltin medal uchun kurashadi