Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi ikkinchi kuni nihoyasiga yetdi.

Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan majlisda qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. 

Senat raisi Tanzila Norboyeva boshqarib borgan majlisda yo‘l harakati xavfsizligi, banklardagi omonatlarni himoya qilish, ekologik ekspertiza, mikromoliyalashtirish, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, fuqarolar, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq qonunlar muhokama etildi va ma’qullandi. 

“Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Mazkur qonun bo‘yicha qanday fikrlar bildirildi? Videolavhamizda shu haqda batafsil tanishishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Zi04BM-tdd0" title="SENAT: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ustidan  jamoatchilik nazorati saqlab qolindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Norgul Abduraimova, Doniyor Yakubov (video), Iskandar Ismatov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SENAT: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ustidan jamoatchilik nazorati saqlab qolindi (+video)