O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning "Siyosat va yangiliklar" tahririyati bo‘lim mudiri Nasiba Ziyodullayeva O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu nishon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori asosida ta’sis etilgan.

Ko‘krak nishoni har yili 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni (yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA muxbiri “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi