Senat yalpi majlisida “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun yuzasidan ma’ruza qilgan Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Eshmurodov mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, qonun ustuvorligi va qilmish uchun jazo muqarrarligini ta’minlash tamoyili asosida qonunchiligimiz takomillashtirilganini ta’kidladi. 

Buning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 yanvarda “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ni farmoni bilan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga byudjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasini ta’minlash, iqtisodiy jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish sohasida qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. 

Farmon bilan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga berilgan vazifalar va vakolatlar qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda. 

O‘z navbatida, qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga departamentning jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni yuritish borasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Byudjet kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati organlarining vakolatlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining zimmasiga yuklatilmoqda. 

Qonun yuzasidan munosabat bildirgan senator Qobul Tursunov yashirin iqtisodiyot, avvalambor, to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga katta to‘siq bo‘lishini qayd etdi. Qonun qabul qilinishi natijasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanib, ularning tahlil, tezkor-qidiruv, taftish faoliyati yanada kuchayadi, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha namunali va samarali ishlarni amalga oshiradi. 

Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi sohada qonuniylikni, qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanilishini ta’minlashga, shuningdek, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi. 

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. 

N.Abduraimova, N.Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura departamentiga iqtisodiy jinoyatlarni fosh etish va xolisona tergov qilish kabi vakolatlar berilmoqda 