
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qadimiy Uzundara manzilgohi yunon va mahalliy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan noyob yodgorlikdir.
Suvsiz tog‘ cho‘qqisida barpo etilgan ushbu qal’a Baqtriya va So‘g‘d chegarasidagi strategik ahamiyatga ega mudofaa ob’ekti bo‘lgan. Ushbu murakkab mudofaa tizimiga Darband va boshqa himoya devorlari ham kirgan bo‘lib, chegara xavfsizligini ta’minlagan.

Uzundara qal’asi ma’muriy va harbiy markaz sifatida faoliyat yuritgan. Qal’a devorlari o‘ziga xos gorelef va geraldik tasvirlar bilan bezatilgan bo‘lib, bu yerda chegara otryadlari o‘z faoliyatlarini olib borgan. Arxeologik qazishmalar natijasida qal’ada Aleksandr Makedonskiyning boshiga sher tasvirli niqob tushirilgan kumush draxma tangasi topilgan. Shuningdek, Antiox I davriga mansub turli tangalar ham qazib olingan bo‘lib, bu yerdagi moliyaviy va siyosiy hayot haqida ma’lumot beradi.
Qal’aning tashqarisida alebastr qorishmasi bilan qoplangan tosh taxtachalar, to‘liq vannalar va cho‘milish kosalari topilgan. Bular qal’a garnizoni hayoti va madaniyati haqida keng ma’lumot beradi. Arxeologik tadqiqotlar hozirda O‘zbekiston va Rossiya Fanlar akademiyalari hamkorligida davom ettirilmoqda.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida arxeologik yodgorlikni qayta tiklash bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Loyihada – Uzundaraning qayta rekonstruksiya qilinib, turistik manzilga aylantirilishi rejalashtirilgan, deyiladi Islom sivilizatsiyasi ma'lumotiga.
O‘zA