Endi paxta xomashyosining boshlang‘ich narxi Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalaridan kelib chiqib belgilanadi

Imtiyozli kredit olmay, o‘zi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi 

Imtiyozli kreditni yil yakunigacha to‘liq qaytargan fermerlarga kreditning 4 foizi qaytarib beriladi

Prezident farmoniga batafsil sharh

O‘zbekistonda paxtachilik qishloq xo‘jaligining eng muhim va yirik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham paxta yetishtirish jarayonida samaradorlikni oshirish doim dolzarb. 

16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida paxta yetishtirish va qayta ishlashda qo‘shimcha bozor mexanizmlarini joriy qilish belgilangan edi. 

– Shu yildan boshlab klasterlar paxtaga talabi va narx taklifini birjaga qo‘yadi, fermerlar esa o‘ziga ma’qulini tanlab, fyuchers shartnomasini tuzadi. Imtiyozli kredit olmay, o‘zi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi. Imtiyozli kreditni yil yakunigacha to‘liq qaytargan fermerlarga kreditning 4 foizi qaytarib beriladi. Ularga kredit foizi amalda 10 foizdan 6 foizga tushadi, – degan edi davlatimiz rahbari videoselektor yig‘ilishida.

Oradan bir kun o‘tib, “Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat paxta xomashyosini yetishtirish va sotish tizimini moliyalashtirishni bozor mexanizmlariga moslashtirish, paxta tannarxini maqbullashtirish, paxta xomashyosini birja savdolari orqali sotishni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, xo‘jaliklarning va qayta ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishni maqsad qiladi. 

Paxta xomashyosining boshlang‘ich narxi Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalaridan kelib chiqib belgilanadi

Farmonga ko‘ra, 2025 yil paxta hosilidan boshlab O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi kalendar yilining 1 noyabr kunida (2025 yil hosili uchun 1 fevralda) paxta tolasining Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda kelgusi yil hosili uchun paxta xomashyosining boshlang‘ich narxini (birinchi nav, ikkinchi sinf) aniqlab, Birjaning rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha paxta xomashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklar va klasterlar hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida paxta xomashyosi yetkazib berish bo‘yicha oldi-sotdi (fyuchers, forvard va spot) shartnomalari Birjaning paxta xomashyosi seksiyasida har bir hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyat) bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolarda tuziladi.

Xo‘jaliklar hamda qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar tomonlarning erkin tanlovi asosida o‘tkaziladigan birja savdolari orqali xo‘jaliklar tomonidan yetkazib berish muddatlarini hamda bir yoki bir nechta xaridorni mustaqil ravishda tanlash orqali rasmiylashtiriladi.

Birjada barcha shartnomalar "Agroplatforma" axborot tizimi bilan integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladi.

Fyuchers, forvard va spot – bu oldi-sotdi shartnoma nomlari

Masalan, fyuchers – bu fond birjalarida xom ashyo tovarlari, kriptovalyuta, qimmatli qog‘ozlarni  hozirgi amalda bo‘lgan narxlarda kelajakda sotish yoki sotib olish shartnomasi. Shartnoma tuzilgandan so‘ng, tomonlar fyuchers muddati tugagan sanadagi bozor narxidan qat’i nazar, uning shartlarini bajarishlari shart.

Forvard shartnomasi biroz boshqacharoq, ya’ni bu muddatli shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra sotilayotgan tovar uchun narx shartnoma tuzilgan kunda belgilanadi, tovarni yetkazib berilishi esa belgilangan muddatda kelajakda amalga oshiriladi.

Spot shartnomasi esa birja tovarlarining ularni kechiktirmasdan (bir oy ichida) yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi hisoblanadi.

Yana farmonga qaytamiz…

Farmonga ko‘ra, 2025 yil paxta hosilidan boshlab fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 iyunigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birjada erkin shakllanadigan, biroq e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan past bo‘lmagan narxda tuziladi. Bunda fyuchers shartnomasi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan imtiyozli kredit ajratishga asos bo‘ladi va imtiyozli kredit e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan kelib chiqib ajratiladi.

Forvard shartnomalari esa kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 martigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxlarda tuziladi. Bunda paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari xo‘jaliklar va qayta ishlovchilarning o‘z mablag‘lari yoki tijorat kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.

Spot shartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xomashyosi hajmiga xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxda tuziladi. Bunda xo‘jaliklarga Jamg‘arma resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratishda bankka kredit qiymatining 50 foizi miqdorida likvidli mol-mulk taqdim etiladi. Spot shartnomalari rasmiylashtirishni rejalashtirgan xo‘jaliklar har hosil yilining 1 martigacha (2025 yil hosili uchun 1 maygacha) mavjud paxta xomashyosini saqlash omborlari (maskan) belgilangan talablarga javob berishi yuzasidan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli idoralar tomonidan berilgan xulosani yoki xuddi shunday xulosasi mavjud omborlarda vaqtincha saqlash bo‘yicha tuzilgan ijara shartnomasini "Agroplatforma" axborot tizimiga kiritishi shart.

Saqlash omborlari yoki ijara shartnomalari mavjud bo‘lmagan xo‘jaliklar o‘zi yetishtiradigan paxta xomashyosi bo‘yicha har hosil yilining 1 martigacha forvard yoki 1 iyunigacha fyuchers shartnomalari rasmiylashtiradi.

Paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari hisobidan yetishtirganlarga belgilangan miqdorda subsidiya ajratiladi

Farmonga asosan, 2025 yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xo‘jaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31 dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan, fermerlar hamda kooperativlarga paxta xomashyosini saqlash va birlamchi (tegirmon usulida) qayta ishlash xizmatlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olishga Jamg‘arma resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 2 foiz bank marjasi) uch yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratiladi. Bunda tadbirkorlik sub’ektlari faqat paxta xomashyosini qayta ishlab berish bilan shug‘ullanadi va paxta xomashyosini sotib olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1 sentyabrga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan birgalikda paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha xizmat tariflarining cheklangan miqdorini tasdiqlaydi.

"Tuproq-pasporti" ishlab chiqiladi

Hujjatga ko‘ra, 2026 yil yakuniga qadar dastlabki bosqichda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi sub’ektlar yerlari tuproqlarining tahlil ma’lumotlari, tuproq holati, xossa-xususiyatlari, unumdorligi, gumus va ozuqa miqdorlari, sho‘rlanishi, eroziyasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni aks ettirgan tegishli xaritalar hamda har bir kontur va ekin turiga qarab ilmiy asoslangan tavsiyalarni o‘z ichiga oluvchi "tuproq-pasporti" ishlab chiqiladi. 

2027 yil hosilidan boshlab, ekinlarni joylashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini moliyalashtirish jarayonlari "tuproq pasporti"ga muvofiq ilmiy asosda amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Endi elektron hisobvaraq-faktura bilan birgalikda tovar-transport yuk xatini ham rasmiylashtirish talab etiladi

2025 yil 1 apreldan boshlab paxta xomashyosi va undan tayyorlangan barcha turdagi mahsulotlar bo‘yicha elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilganda bir vaqtning o‘zida tovar-transport yuk xatini ham rasmiylashtirish talab etiladi. 

Bunda ushbu mahsulotlar turlari ro‘yxati Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi kodlari bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Mazkur sanadan so‘ng elektron hisobvaraq-faktura va tovar-transport Yuk xati rasmiylashtirilmagan va omborlarda saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari soliq organlari tomonidan sanoqdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb hisoblanadi hamda soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb baholanadi.

Umidjon Qurbonov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta bozorida yangi mexanizmlar joriy etiladi