Munosabat

Mahalla aholini hamjihat qiladigan, mehr-oqibatni o‘rgatadigan maskan. Bu yerda xalqning milliy urf-odat va an’analari rivojlanadi. Xalqaro ekspertlar mahallani mamlakat rivojida muhim ahamiyatga ega, dunyoda o‘xshashi yo‘q institut deya e’tirof etishadi.  

Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sohada olib borilayotgan islohotlar yangi bosqichga chiqdi. Tuzilma xalq va davlatni bir-biriga yaqinlashtirib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli masalalarni eng quyidayoq hal qilish imkonini yaratmoqda.  

Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida esa mahallalar vakolatlari kengaytirildi. Ularning moliyaviy mustaqilligi kuchaytirildi. Fuqarolarning mahalla hayotidagi ishtiroki yanada faollashdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqadi.  

Hujjatga ko‘ra, mas’ul idoralar va muassasalar uchun 2025 yil har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ustuvor vazifa etib belgilandi.  

Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bir qator yo‘l xaritalari hamda 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.  

Qarorning ahamiyati soha vakillari, xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etilmoqda.  

Munir Karaloglu,  

Turkiya Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari:  

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori “barcha sa’y-harakatlar inson uchun” degan g‘oyaga sodiqlikning ifodasidir.    

Ko‘chalar va aholi yashash joylarida xavfsiz muhit yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mamlakat investitsiyaviy, sayyohlik va madaniy rivojlanish uchun  istiqbolli sanaladi. Buni alohida e’tirof etish kerak.  

Qarorda mahallalarda amalga oshiriladigan yangi mexanizmlar va ish uslublari belgilangan. Jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni  barqarorlashtirishda barcha davlat organlari hamda jamoat tuzilmalarining shaxsiy  javobgarligini oshirish jahon hamjamiyatidagi ko‘plab huquqni himoya qilish tizimlari uchun  muhim namuna bo‘ladi.  

Chjan In,  

Pekin xavfsizlik va profilaktika sanoati uyushmasi rahbari (Xitoy):  

– Biz keyingi yillarda mamlakatingizda Prezident Shavkat Mirziyoyev  rahbarligida jamoat xavfsizligini ta’minlashning mutlaqo yangi  mexanizmlarini joriy qilish, jinoyatga sabab bo‘ladigan  ijtimoiy-maishiy  muammolarni hal qilish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilayotganining guvohi bo‘lyapmiz.  

O‘zbekiston Prezidentining yangi qarori mamlakatning har bir aholi punkti, jamoatchilik joyi va xonadonida fuqarolar xavfsizligini  ta’minlash g‘oyasiga sodiqligi yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga raqamli texnologiyalarni  joriy qilish va ilmiy yondashuvlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan manzilli chora-tadbirlar huquqiy tartibni ta’minlashning muhim jihati ekanini e’tirof etish zarur.  

Mazkur qaror O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish  tizimining o‘ziga xos namunasini yaratadi. Xitoy jamoatchilik xavfsizligi organlari uni amalga oshirishda o‘zbekistonlik hamkorlarini qo‘llab-quvvatlagan holda har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor.  

I.AVVALBOEV,  

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla osoyishtaligiga xizmat qiladigan qaror xalqaro ekspertlar e’tiborida