AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunga asosan joylarda o‘tkazilayotgan xatlov ishlari borasida ma’lumot berdi.

Xatlov ishlari ikki bosqichda – dala ishlari hamda kameral ishlar ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Dala ishlarida kadastr muhandislari tomonidan har bir ko‘chmas mulkning bino-inshootlarini o‘lchash bilan bir qatorda ularning konstruktiv elementlarini hamda yer uchastkalarining amaldagi chegaralarini aniqlash amalga oshiriladi.  

Shuningdek, xatlovga topograflar ham jalb qilinib, geodezik uskunalardan foydalangan holda ob’ektning aniq geografik joylashuvini aniqlash va elektron xaritalarini yaratish ishlari ham olib borilmoqda.  

Kameral ishlarda dala ishlari natijalarini to‘plash, tahlil qilish, bino-inshootlar chizmalari va yer uchastkasi chegaralarini chizish, topografik xaritalarni yaratish ishlari amalga oshiriladi. Bugungi kunga qadar 125 ming 131 ta ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi.  

Ishchi guruh tomonidan 41 ming 790 ta ko‘chmas mulk ob’ektini UZKAD tizimiga olib o‘tish (migratsiya) lozim deb topildi. 13 ming 220 ta ko‘chmas mulk ob’ektining xatlov jamlanmalarini ko‘rib chiqish ishlari olib borilmoqda.  

Xatlov jamlanmalari to‘liq shakllantirilgan 36 ming 282 ta ko‘chmas mulk ob’ekti UZKAD tizimiga olib o‘tildi. Shundan, qonun doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan 11 ming 353 ta ko‘chmas mulk ob’ektining elektron yig‘ma-jildini ko‘rib chiqish uchun “E’TIROF” AAT orqali tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.  

Xatlov ishlarida avval o‘tkazilgan xatlovlarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar takrorlanishining oldini olish maqsadida yangicha yondashuv asosida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati yuzaga keldi. Xususan, mahallalar chegaralari aniq belgilanmagani sababli 2024 yilda xatlov o‘tkazish rejalashtirilgan 914 ta mahalla chegaralariga aniqlik kiritildi.  

Har bir ko‘chmas mulk ob’ektini o‘z mahallasi hududiga aniq joylashtirish, xatlov o‘tkazilayotgan hududda ob’ekt qolib ketmasligi uchun 12 ming 620 ta poligonga ajratib chiqildi. Mulkka bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishda ob’ektning haqiqiy egalarini aniqlash muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, xatlov jarayonida kadastr xodimlari tomonidan joyida ob’ekt va uning haqiqiy egasini aniqlash imkonini beruvchi mobil ilova ishlab chiqildi.  

Shu bilan birga, xatlov ishlari boshlangani haqida barcha mahalla raislari, faollari bir necha bor xabardor qilingan bo‘lsada, ayrim mahallalarda ko‘chmas mulk egalari manzilda bo‘lmasliklari bir qator qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.    

Ya’ni, bitta ob’ektga bir necha bor takror borishga va ortiqcha vaqt yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda. Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida joylarda xatlov ishlari davom etmoqda. Yurtdoshlarimiz mazkur reja-grafik bilan kadastr.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.    

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugungi kunga qadar 125 ming 131 ta ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi