Xitoyning BYD konglomerati dunyodagi eng yirik avtomobil tashuvchi kema — «Shenzhen» ni suvga tushirdi. Kompaniya asos solingan shahar nomi bilan atalgan kema Shanxayning shimoli-g‘arbidan uch soatlik masofada joylashgan Yangjou portiga tushdi.

Kemaning uzunligi 219 metr, kengligi 37,7 metrni tashkil qiladi. U bir vaqtning o‘zida 9200 tagacha avtomobilni tashishi mumkin.

BYD rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, Shenzhen dunyodagi eng xavfsiz va ekologik toza kemadir. U bir vaqtning o‘zida elektr energiyasi, suyultirilgan gaz yoki kema yoqilg‘isi bilan ishlay oladi. Shuningdek, Shenzhen BYD ga tegishli akkumulyatorlar bilan jihozlangan birinchi kemadir.

BYD kompaniyasi 2024 yilda dunyo bo‘ylab 417 204 ta elektromobilni eksport qildi, bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 71,9 foizga ko‘pdir. 2024 yilda kompaniya butun dunyo bo‘ylab 4,25 million avtomobilini sotgan. Ayni paytda kompaniya savdosining 10% ga yaqinini eksport tashkil etadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yLIXGhYmQOc" title="Xitoy dunyodagi eng katta avtomobil tashuvchi kemasini suvga tushirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy dunyodagi eng katta avtomobil tashuvchi kemasini suvga tushirdi (+video)