Shu kunlarda mamlakatimizning bir guruh islomshunos olimlari Malayziya davlatida ilmiy-ma’rifiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi doirasida Malayziya islomni anglash institutida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, Malayziya Islomni anglash instituti direktori Muhammad A’zam bin Muhammad Odil va Institut mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Malayziya va O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Malayziya islomni anglash instituti direktori Muhammad A’zam bin Muhammad Odil so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, bu ijobiy o‘zgarishlarni butun dunyo hamjamiyati kabi Malayziyadagi ilmiy doiralar ham xursandchilik bilan qabul qilayotganini alohida ta’kidladi.  

Islomni anglash instituti direktori O‘zbekistondagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikdan mamnun ekanini qayd etdi.

Uchrashuv ochiq, konstruktiv, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

N.Usmonova,

O‘zA muxbiri

--0--

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya ilmiy markazlari O‘zbekiston bilan hamkorlikdan mamnun