Yurtimizda 2025 yil — "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. 22 yanvarga qadar davom etadigan muhokamalarda ushbu dasturilamal hujjatni yanada takomillashtirish, puxta va pishiq holga keltirish bo‘yicha turli takliflar bildirilmoqda.

Mazkur jarayonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham faol ishtirok etayapti. Xalq vakillari davlat dasturi loyihasidan o‘rin olgan ustuvor maqsad-vazifalarni e’tirof etgan holda o‘z takliflarini ham taqdim etishmoqda. 

— Davlat dasturi loyihasida har bir soha e’tiborga olingan va barchasi yashillik masalalari bilan uyg‘un ekani e’tiborga molik, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Mirg‘oziyeva. — Jumladan, hujjatda 5 ta asosiy yo‘nalish, 295 ta chora-tadbir hamda 87 ta normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati kiritilgan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlashda nafaqat davlat tashkilotlari, tegishli mas’ullar va deputatlar, balki keng jamoatchilik vakillari, xalqimizning ishtiroki nazarda tutilgan va unda faol qatnashganlarni rag‘batlantirish tizimi belgilanyapti. 

Dasturda barcha partiyalarning g‘oya va takliflari ham inobatga olingan. Masalan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ta’lim, turizm, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi takliflari va g‘oyalari o‘rin olgan. 

Shuningdek, biz deputatlar oldida ham muhim vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, yil nomidan kelib chiqib, bir qator qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish vazifalari belgilab berilgan. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xiuM4i29IVM" title="Davlat dasturida deputatlarga qanday vazifalar belgilangan?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Doniyor Yoqubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat dasturida deputatlarga qanday vazifalar belgilangan? (+video) 