Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tgan yil qanday ishlar amalga oshirildi? Agentlik axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov shu haqda ma’lumot berdi:

– Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi. 

Manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xaridlari, davlat organlarining ochiqligi hamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha hududlar va sohalar kesimida o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralarga 408 taqdimnoma kiritildi. 

Natijada xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 85 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi. 234 holatda jami 263,9 milliard so‘mlik xaridlar bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridlari o‘tkazilishining oldi olindi. 

Bundan tashqari, o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlariga huquqiy baho berish uchun 293 material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida 28 jinoyat ishi va 104 ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. 

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 222,7 milliard so‘mlik moddiy zararning davlat byudjetiga qaytarilishi yuzasidan qarorlar qabul qilingan. 

OAVda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani yuzasidan e’lon qilingan 55 xabar o‘rganilib, ularning 25 tasi bo‘yicha davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari mavjudligi hamda 5 tasida davlat xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi va qonunbuzilishi holatlari bartaraf etildi. 

Davlat idoralari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmalari faoliyati takomillashtirilib, 74 davlat idorasi «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» bo‘yicha ISO xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi. 

Korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda 852 nafar ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasi oshirildi. 23 davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi. 123 davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari tashkil etildi. 

Davlat idoralari funksiyalaridagi korrupsiya xavf-xatarlar darajasi baholashdan o‘tkazilib, 101 davlat organi va tashkilotlarining 7 ming 525 funksiyasidan 495 tasi korrupsiya xavf-xatar darajasi “yuqori”, 1 ming 541 tasi “o‘rta”, 5 ming 489 tasi “past” baholandi. Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri shakllantirildi. 

Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan 495 funksiyaning 172 tasida raqamlashtirish, 67 tasida amaldagi ichki idoraviy hujjatlarni takomillashtirish yoki yangisini qabul qilish, 62 tasida qo‘shimcha nazorat mexanizmlarini joriy qilish, 42 tasida ochiqlikni ta’minlash, 152 tasida xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish orqali minimallashtirish choralari ko‘rilmoqda. 

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reytingi baholanib, 95 tashkilotning 42 tasi “yaxshi”, 38 tasi “qoniqarli” va 15 tasi “qoniqarsiz” deb topildi. 

“Qoniqarsiz” baholangan rahbarlarning hisobotlari eshitilib, tanqidiy muhokama qilindi. Ochiqlikka oid qonun hujjatlari talablarini buzgan 5 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi. 

Davlat idoralari faoliyati ochiqligi darajasini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi shakllantirilib, uning doirasida 103 davlat organining 31 tasi “yashil”, 43 tasi “sariq” va 29 tasi “qizil” baholandi. Bu tizim orqali barcha darajadagi rahbar-xodimlarning ochiqlikni ta’minlash sohasidagi mas’uliyati oshirildi. 

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. 

Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. 

Qonun kuchga kirgunga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar davlat organlari va tashkilotlarida ishchi guruhlar tuzgan holda o‘rganildi. 

O‘rganishlarda 182 nafar mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlari bevosita bo‘ysunuvida yoki nazorat ostida ishlayotgani, 1 ming 513 nafar xodimning davlat xizmati bilan bir vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani bilan bog‘liq manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanib, bartaraf etildi. 

Davlat idoralari va tashkilotlarning 95 ming 600 nafardan ortiq xodimi test sinovlarini topshirdi, 85 ming 581 nafar xodimi o‘qitildi. 

«E-anticor.uz» elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirildi. 

2024 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etish holatlarining kamayishiga erishildi. Xususan, 2024 yilda respublika bo‘yicha jami 6 ming 898 nafar shaxs tomonidan 5 ming 716 jinoyat sodir etilgan. 2023 yilga nisbatan korrupsiyaga oid jinoyatlar “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati, Suv xo‘jaligi, mahalliy hokimliklar hamda bank sohasida kamaygan. 

Biroq, oliy ta’lim, transport hamda qishloq xo‘jaligi sohasida bu ko‘rsatkich oshgan. Maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohalarida korrupsiyaga oid jinoyatlar salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. 

Agentlik tomonidan 327 normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra 327 loyihaning 71 foizida yoki 233 tasida 676 korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlandi va ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi. 

2024 yilda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 4 ta qo‘shma loyiha ishga tushirildi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. 

IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i Istanbul harakatlar rejasi doirasida 5-bosqich monitoringi o‘tkazildi. O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi siyosati 83,6 ball bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori baholandi. 

N.Abduraimova, 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yilda korrupsiya bilan bog‘liq 5 ming 716 jinoyat sodir etilgan 