Keyingi yillarda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar amalga oshirildi. Xususan, mahalliy hokimliklarning moddiy-texnik ta’minoti qayta ko‘rib chiqilib, mahalliy byudjetlarni shakllantirish va boshqarish bo‘yicha mustaqilligini amalda ta’minlashga erishildi.

Qolaversa, davlat funksiyalarini amalga oshirishda xususiy sektor hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish bo‘yicha joriy etilayotgan islohotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz tomonidan “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan g‘oyaning ilgari surilishi natijasida hukumat islohotlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ittifoqchi sifatida ko‘ra boshladi. Bu esa mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlarining erkin faoliyat yuritishi uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish, qonunchilikdagi o‘zgartirish va tashabbuslarda namoyon bo‘ldi.

Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘sish tendensiyasiga ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ijrosi bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, shu sohada 200 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinib, NNTlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi. 

2023 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga ilk bor fuqarolik jamiyati institutlari degan alohida bob kiritildi. 

Bugungi kunda aholi bilan ochiq muloqot olib borishning yangi samarali vositalarini joriy etishda davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentning 2024 yil avgust oyidagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanishiga oid tartib joriy qilindi. 

E’tiborli jihati, davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida olib borilgan ishlar uzviy davom ettirilib, 2025 yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida ham ushbu yo‘nalishga qaratilgan bir qator ustuvor maqsad, vazifa va chora-tadbirlar taklif etilgan.

Loyihada davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar, funksiyalar va byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan ish jarayonlarini optimallashtirishni nazarda tutuvchi bir qator vazifalar belgilanmoqda.

Jumladan, Davlat dasturi loyihasining 75-maqsadida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish uchun mahalliy Kengashlarning 300 dan ortiq funksiyalarini qayta ko‘rib chiqib, ular faoliyatiga xos bo‘lmaganlarini bekor qilish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish taklif etilmoqda.

Albatta, bugungi kunda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Ammo joriy yilgi Davlat dasturi orqali ular faoliyatini yanada jonlantirishga qaratilgan bir qator tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish ham zarur, deb hisoblaymiz.

Xususan, Kengash mustaqilligini yanada mustahkamlash uning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish maqsadida Prezidentning 2024 yil fevral oyidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni ular faoliyatiga tezroq tatbiq etish zarur. Bundan tashqari, bugungi kunda ayrim Kengash qarorlarining yopiq holatda qabul qilinishi fuqarolar va jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Shu bois qonunchilikda Kengash sessiyasida ko‘rilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorni “Ye-qaror” elektron tizimiga yopiq shaklda joylashtirish Kengash deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga asosan amalga oshirilishi, bunda qonunchilikda alohida belgilangan holatlar mustasno ekanligini belgilash lozim.

Shuningdek, Davlat dasturi loyihasining 76-maqsadi doirasida mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish uchun hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa orasidan ular faoliyatiga xos bo‘lmaganlarini bekor qilish va qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish nazarda tutilmoqda.

Albatta, quyi tizimda eng muhim bo‘g‘in bo‘lgan hokimliklarning vazifa va funksiyalari tizimlashtirilishi fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligi oldi olinishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, hokimliklar hamda ijro organi tizimiga qilingan murojaatlarni avtomatik tarzda mas’ullarga taqsimlab beruvchi va ijro muddatini nazorat qiladigan platformani ishga tushirish darkor. Shunda fuqarolar murojaati o‘z vaqtida hal etilishi, davlat xizmatchilariga nisbatan ishonch yanada ortishiga erishiladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, bugun hayotimizni raqamli texnologiyalar va turli xildagi platformalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bundan 7-8 yil oldin yuzlab kilometr masofani bosib tuman yoki viloyat markazlariga fuqaro shaxsan o‘zi tashrif buyurmasa hal bo‘lmaydigan ishlarni bugun ishxona yoki uydan chiqmasdan hal qilayapmiz. Bu insonlarning vaqti va mablag‘ini tejash bilan birga, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi turli xil ko‘rinishdagi byurokratik to‘siqlarni ham bartaraf etmoqda.

Shu bois joriy yilgi Davlat dasturi loyihasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish orqali fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish maqsadida quyidagilar taklif qilingan:

– elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha yetkazish;

– faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha yetkazish;

– litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish;

– litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarining 50 foizini soddalashtirish;

300 ga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish;

– kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Albatta, yuqorida aytib o‘tganimizdek, bugun mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy va gumanitar sohalardagi islohotlarni hayotga tatbiq etish hamda joylarda saqlanib qolayotgan dolzarb muammolarni hal qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni yuqori bo‘lmoqda.

Jumladan, Davlat dasturi loyihasining 83-maqsadida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, soha va tarmoqda saqlanib qolayotgan muammolarni birgalikda hal qilish mexanizmlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 barobarga ko‘paytirish, davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish hamda kamida 500 nafar nodavlat notijorat tashkiloti rahbarlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish shular jumlasidandir.

Ma’lumki, hududlarda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni belgilashda mahalliy Kengashlarning o‘rni yuqori. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z hududidagi ta’sir doirasini oshirish maqsadida mahalliy Kengash sessiyalarida NNTlar ham ishtirok etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kelgusida o‘zining ijobiy samarasini berishi mumkin.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2025 yilda amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasida ham xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, xususan, davlat hokimiyati tarmoqlarining ish jarayonlarini maqbullashtirish, Parlamentning rolini yanada kuchaytirish, mahalla institutining rolini oshirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar xalqimizni rozi qilish hamda Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydonda keng e’tirof etilishiga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar, olib borilayotgan pragmatik ichki va tashqi siyosatning qanchalik to‘g‘ri va samarali ekanidan dalolat beradi. 

Farrux ABDUHAMIDOV,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi eksperti,

xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashi deputati.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi “Aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilmoqda