O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi.
Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 14 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ishtirok etadi.
BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.
15 yanvar kuni oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.