Toshkent shahridagi avtobuslarda naqd pulda to‘lov amaliyoti to‘xtatilganiga 10 kundan oshdi. Ayni vaqtda to‘lovlar mobil ilovalar, transport yoki plastik kartochkalarda elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bir martalik QR-chiptalar orqali ham to‘lov qilsa bo‘ladi.

Shu o‘rinda aytish joiz, yo‘lovchilar chiptalarni avtobus bekatlari yaqinida o‘rnatilgan infokiosklardan xarid qilishlari kerak bo‘ladi. 

Elektron to‘lov transport qatnovidan tushadigan mablag‘larning to‘liq va shaffof tarzda jamg‘arilishi, avtobuslarning bekatda uzoq vaqt ushlanib qolmay, manziliga o‘z vaqtida borishi uchun samarali usul hisoblanadi. Ammo tizimni realizatsiya qilish bo‘yicha e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlar bor. Masalan, barcha bekatlarda infokiosklar mavjud emas, shu bilan birga, ushbu qurilmalardan chek olishda muammolar tug‘ilyapti. 

Misol uchun, infokiosklardan avtobusga chipta xarid qilish uchun bitta 2000 so‘mlik va bir dona 1000 so‘mlik yoki uch dona ming so‘mlik qog‘oz pulni kiritish kerak. Markaziy bank tomonidan 2022 yildan 1000 so‘mlik pul qog‘oz va banknota shaklda chiqarilmasligi va tanga ko‘rinishida muomalaga kiritilishi e’lon qilinganidan buyon aholi vakillari orasida 1000 so‘mlik kupyuradan foydalanish kamaygan. Bankomat ham tangani qabul qilmaydi. Bundan tashqari katta summa bankomatga kiritilsa, qaytim naqd pul shaklida qaytarilmasdan telefon raqami hisobiga tashlab beriladi. Bu esa QR-chipta sotib olayotgan yo‘lovchilar uchun noqulayliklarni yuzaga keltiradi. 

Shahar ichida joylashgan avtobekatlarning barchasini infokiosklar bilan to‘liq ta’minlash jarayoni qaysi vaqtda yakunlanishi borasida aniq muddat belgilanmagan, jarayon doimiy ravishda davom etadi. Ayni paytda infokiosklar bekatlar atrofiga 300 metrgacha bo‘lgan radiusda joylashtirilyapti. 

Xo‘sh, aholi yangi tizimga qanday moslashyapti?   

So‘rovnomada qatnashgan yo‘lovchilarning ko‘pchiligi yo‘lkirani bank plastik kartalari orqali to‘layotganini ma’lum qildi. Naqd pulsiz to‘lov tizimiga moslashish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar esa asosan keksa yoshlilar orasida kuzatilyapti. Ular bunga sabab sifatida mobil ilovadan foydalanishni bilmasligini, plastik kartalarining mavjud emasligi, shuningdek, barcha bekatlarda infokiosklar yo‘qligini aytishdi. 

Ba’zi yo‘lovchilar ayni vaqtda QR-chipta xarid qilishda qurilmalarda qog‘ozlarning tugab qolishi bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelishayotganini ta’kidlashdi. 

– Bir martalik chipta olish uchun ehtiyoj ortganini inobatga olib, qurilmalarda QR-chipta uchun qog‘oz qolmay qolgan holatlarda chekni rasmga olib, avtobusda skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi, – deydi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov. – Qolaversa, infokiosklarni qog‘oz bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga alohida ko‘rsatmalar berilgan. Aytaylik, qurilmalarga avval kunora chek qog‘ozi joylashtirilgan bo‘lsa, endilikda har 3 yoki 5 soat ichida qog‘oz o‘rami almashtirilib, infokiosklarning muammosiz ishlashini ta’minlashga harakat qilinyapti. Hozirda Toshkent shahrida 2600 ta avtobekat mavjud bo‘lsa, ularning atrofida 5 500 dan ortiq infokiosklar faoliyat yuritmoqda. Tizim yangi bo‘lgani uchun hali o‘rganish ishlari olib borilmoqda, qayerda ehtiyoj ko‘proq bo‘lsa, o‘sha nuqtadagi bekatlarga 2-3 tadan ham infokiosklarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. 

Avtobus haydovchilarining elektron to‘lov tizimi borasidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

– Elektron tizimga asosan yoshi katta otaxon va onaxonlar qiynalyapti. Avtobuslarda naqd pul qabul qilinmayotgani hisobiga yo‘l haqini naqd pulda to‘lamoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar manzilga yetganda shunchaki tushirib yuborilyapti. Bu jarayon qancha davom etadi, aniq ayta olmayman. Har kuni elektron kartalari bo‘lmagan va chiptasiz 10-15 tacha yo‘lovchi avtobuslarga chiptasiz chiqmoqda. Bu kabi yo‘lovchilar bepul manziliga yetkazilmoqda, hech kimdan naqd pul shaklida yo‘l haqi qabul qilinmayapti, – deydi avtobus haydovchilaridan biri. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasida yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan. 

Bugungi kunda infokiosklar orqali xarid qilinadigan chipta narxi 3 ming so‘mni tashkil etadi. To‘lov elektron shaklda amalga oshirilganda yo‘lkira narxi 1 ming 700 so‘mga tushadi. Bir soat ichida bir nechta avtobuslardan foydalanish esa arzonlashadi, masalan, birinchi martasiga 1 ming 700 so‘m, ikkinchi martasiga 700 so‘m, uchinchi martasiga esa bepul bo‘ladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VtngGqZ28ek" title="Avtobuslarda naqd pulsiz to‘lov tizimiga aholi qanday moslashmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtobuslarda naqd pulsiz to‘lov tizimiga aholi qanday moslashmoqda? (+video) 