Samarqandda 13 kishi qo‘lbola aroqdan zaharlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, ommaviy zaharlanish bo‘yicha tibbiyot muassasalariga murojaat bo‘lmaganligini ma’lum qildi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov esa dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 nafar shaxs vafot etgani va marhumlarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot hamda kimyoviy ekspertizalar tayinlanganini qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, marhumlardan 4 nafari o‘z yashash xonadonida, 1 nafari esa ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Saytimizni kuzatib boring voqea tafsilotlari berib boriladi.

 G‘.Hasanov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi zaharlanish yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda