So‘nggi yillarda mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari sohasida qamrov darajasini oshirish hamda shu tariqa aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, so‘nggi 7 yilda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 20 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi. 

Ushbu mablag‘lar hisobidan 2 916 ta suv inshooti va 43 ming kmga yaqin ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. 

Natijada aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 2017 yilda 63 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib ushbu ko‘rsatkich 80,9 foizga yetkazildi.

Ushbu davr mobaynida 8 millionga yaqin aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanib, 14,5 million nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilda bu ko‘rsatkich 88,9 foizga yetishi rejalashtirilgan. 
Shu bilan birga, respublikada suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini aks ettiruvchi bir qator konseptual hujjatlar qabul qilindi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, “2030 yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”, “2020- 2030 yillarda O‘zbekiston suv resurslarini rivojlantirish konsepsiyasi”, “Suv resurslaridan foydalanish, shuningdek, suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. 

[gallery-21232]

– Respublika aholisining 2030 yilda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 90 foizga yetkazish borasida hududlar bo‘yicha loyiha takliflari ishlab chiqilmoqda, – deydi “O‘zsuvta’minot”AJ boshqaruvi raisi v.b Ahmad Suvonqulov. – Bunda nafaqat yangi inshootlar qurish, balki eski inshootlarni ham qayta tiklash va rekonstruksiya qilish maqsad qilib olingan. Jumladan, 2025-2030 yillarda respublika bo‘yicha qariyb 45 ming kmdan ziyod ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 1,8 ming dona inshoot qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, aholini uzluksiz ravishda sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida respublika yirik shaharlarida davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qator loyihalar amalga oshiriladi. 

Albatta, suv resurslaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish– barqaror rivojlanish garovi. Hozirgi sharoitda odamlarning bunday qimmatbaho resursga mas’uliyatsiz munosabatini o‘zgartirish va iste’molchilarning suvdan tejamkor hamda oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish hammamizning burchimizdir. 

Nilufar Bozorova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2030 yilda ichimlik suvi ta’minotini 90 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda