O‘zAning “Xalqaro minbar” loyihasida o‘monlik yirik tadbirkor, “Oman Trading Establishment LLC” shirkati rahbari Sa’d Suhayl Bahvan mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya muhiti, ijtimoiy, iqtisodiy hayotimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

– Taxminan 15 yil oldin O‘zbekistonga ilk bor kelganimda o‘lkangizning boy tarixi, haybatli obidalari bilan tanishib, mislsiz taassurotlar olgandim. O‘tgan yil may oyida Toshkent Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun yana bir bor O‘zbekistonga tashrif buyurib, safarim davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari bilan uchrashish sharafiga ham muyassar bo‘ldim. To‘g‘risi, mamlakatga sarmoya kiritish istagidagi xorijliklarga yaratilgan sharoitlar meni hayratga soldi. Mavjud qonunchilik asosida chet ellik investorlar uchun qator kafolat, imtiyozlar berilgan.

Kelajak maqsadi aniq yurtda qulay investitsiya siyosati, qonun ustuvorligi, eng asosiysi to‘lov qobiliyatiga qodir kuchli sherik sifatida ishonch qozonish salohiyati bisyorligini his qildim.

Men bu gal davlat barcha sohalar bo‘yicha juda tez sur’atda ildamlab borayotganiga guvoh bo‘ldim. Ko‘plab xorijiy investorlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar ochiq bozor sifatida O‘zbekistonni tanlayotgani bizni ham sarmoyador sifatida quvontirdi.

Darvoqe, xorijiy investorlarni davlat rahbarining shaxsan o‘zi qabul qilishi kamdan-kam kuzatiladigan holat. Toshkentda shunga guvoh bo‘ldik. Mamlakat yetakchisining suhbatdoshlarga nisbatan iliq munosabati, ko‘tarinki muhit bizni ruhlantirdi. Uning aniq, shaffof tashabbuslari, ulug‘vorligi, qarashlaridagi qat’iyat yaqqol ko‘rindi. O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi bizda katta taassurot qoldirdi.

Sa’d Suhayl Bahvan mamlakatimizga birinchi va ikkinchi tashrifi o‘rtasidagi ulkan farqni alohida ta’kidladi:

– Haqiqatan rivojlanish, xorijiy investorlar uchun xavfsizlik bor. Yaqin kunlarda neft-kimyo, ko‘chmas mulk va turizmga tegishli yo‘nalishlarga investitsiya kiritish umididaman. Inchunun, O‘zbekiston sarmoya kiritishga eng maqbul tanlov ekanligi namoyon bo‘lmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LLkHwbvSwGE" title="Sa’d Suhayl Bahvan: Xorijiy investorlar O‘zbekistonni tanlamoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muharrama Pirmatova, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sa’d Suhayl Bahvan: Xorijiy investorlar O‘zbekistonni tanlamoqda (+video)