Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ishga kiritish uchun 700 AQSH dollar olgan shaxs ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi Yu.X. fuqaro S.Z. dan 700 AQSH dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hisobchi fuqaroga uni shu birlashmaga ishga joylashtirishga va’da bergan.
Holat yuzasidan jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Z.Komilov, O‘zA muxbiri