Davlatimiz rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BAAning nufuzli IFFCO Group kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi ham yangi istiqbolli loyihalar uchun zamin yaratdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan ushbu kelishuv ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, bir necha asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, soxta mahsulotlarga qarshi kurash va intellektual mulkni himoya qilish, import hajmini oshirish, texnologiyalarni jalb qilish va o‘quv dasturlari ishlab chiqish, qo‘shimcha sanoat loyihalarini amalga oshirish masalalari bugungi kun tartibidan muhim o‘rin egalladi. 

Memorandumga ko‘ra, IFFCO Group tomonidan O‘zbekistonga strategik oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan, o‘simlik yog‘i va unni yiliga 10 ming tonnagacha eksport qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, IFFCO Group mahsulotlarining soxtalashtirilishiga qarshi qat’iy choralar ko‘riladi. 

Mazkur kompaniya tomonidan O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi markazi tashkil etiladi. Shuningdek, kelishuvlarga ko‘ra, kelgusida tomat pastasi, o‘simlik yog‘lari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi. 

Tashrif davomida vazir ishtirokida xalqaro standartlarga mos yondashuv va uzoq muddatli hamkorlik uchun asos bo‘ladigan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - BAA: ikki mamlakat qishloq xo‘jaligida yangi davr 