Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish avvalida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi. 

Qayd etilganidek, 5 yo‘nalishda belgilab berilgan ustuvor maqsadlar mamlakatimiz rivojini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Xususan, davlat dasturi loyihasida mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish, aholi salomatligini yaxshilash, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida ko‘plab vazifalar o‘z aksini topgan. 

Shuningdek, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish masalalari belgilangan. 

Ta’kidlanganidek, partiyaning saylovoldi dasturida aholiga qulay atrof-muhit sharoitlarini yaratish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, "yashil iqtisodiyot" ko‘lamini kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan. Joriy yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan vazifalar O‘zLiDePning bu kabi maqsad va g‘oyalarini amalga oshirishda muhim ekani alohida e’tirof etildi. 

Fraksiya a’zolari dastur loyihasini takomillashtirishda faol ishtirok etish, partiya dasturiy vazifalari hamda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib takliflar berish lozimligini ta’kidladilar. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil iqtisodiyot” tamoyillari keng joriy qilinadi