Vatanimiz tarixidagi 13 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1421 yil (bundan 604 yil oldin) – Mirzo Ulug‘bek Buxoro tomonlarda ovda yurgan vaqtda Samarqandda uning o‘g‘li Mirzo Abdurahmon dunyoga keldi. Uning umri qisqa bo‘lib, yosh amirzoda o‘n bir yoshida vafot etadi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, manbalarda Mirzo Ulug‘bekning to‘rt o‘g‘li va ikki qizi bo‘lgani haqida ma’lumotlar mavjud.

Mirzo Abdurahmonning dunyoga kelishini tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy o‘zining “Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo‘shilish joyi” asarida quyidagicha bayon etgan: “Beminnat ato etuvchi va xasislikdan forig‘ bo‘lmish bag‘ishlovchi hazrat (tangri taolo) janob Ulug‘bekka saodatmand farzand ato etdi: sakkizinchi muqarramda jahon yuzi uning dunyoga kelishi bilan sharaf topdi va xursandligu xurramlikka sabab bo‘ldi. Uning humoyun nomini mirzo Abdurahmon deb ataldi”.

1442 yil (bundan 583 yil oldin) – temuriylar hukmdori Shohrux mirzoning tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida Janubiy Hindistonga yuborgan elchiligi poytaxt Hirotdan yo‘lga chiqdi. Elchilik Eron zamini orqali Xurmuz bandargohi tomon yo‘l oldi. Mazkur elchilik 1444 yilning dekabrida Hindiston safaridan Hirotga qaytib kelgan. Bu elchilik safari bir oyi kam 3 yil davom etgan.

1832 yil (bundan 193 yil oldin) – Qo‘qon hukmdori Muhammad Alixon davrida Pekinda Qo‘qon–Xitoy shartnomasi imzolandi. Bu vaqtda Qo‘qon xonligi o‘z chegaralarini Xitoy ixtiyorida bo‘lgan Sharqiy Turkiston tomon tobora kengaytirish siyosatini davom ettirar, ayni paytda Xitoy moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Qo‘qon xonligiga qarshi ochiqdan ochiq urush harakatlari olib borishga qodir emas edi. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon nomidan shartnomaga uning elchisi A’lam pochcha imzo chekkan va Qur’oni Karimni ushlab qasam ichgan.

A’lam pochchaning Pekinda imperator Syanlun huzuriga borishi va Qo‘qon hukmdori Muhammad Alixon yozgan maktubni topshirishi haqida muarrix Tojirning “G‘aroyibi sipoh” (“Qo‘shin ajoyibotlari”) asarida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: “A’lam pochcha hoqonlik dargohiga kirib ta’zim bajo keltirdi. Xoqon ko‘rdiki, ajib bir baland bo‘yliq, ulkan jussaliq, olijanob va donishmand kishi turibdi. (Elchiga) joy ko‘rsatdilar. A’lam pochcha o‘tirib, falakrif’atlik xonning maktubini xoqonning qo‘liga topshirdi. Xoqon tilmochni chaqirib maktubni o‘qish uchun berdi. Tilmoch maktub muhrini ochib, boshidan oxirigacha o‘qidi”.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – Turkiston o‘lkasidagi barcha tashkilotlarning sport va jismoniy tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradigan Markaziy Jismoniy tarbiya Kengashi tuzildi. Uning tarkibiga hukumat organlari, harbiy, maorif va jamoat tashkilotlari vakillari kiritildi. Markaziy Kengashning viloyatlarda bo‘limlari ham tashkil etildi.

1925 yil (bundan 100 yil oldin) – yurtimizda o‘rta asrlardan beri ma’lum bo‘lgan “viloyat” ma’muriy-hududiy birligi “uyezd” deb yuritila boshlandi. Keyinchalik ruscha “oblast” nomi bilan qayta tashkil etildi. O‘zbek tili davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy ma’muriy-hududiy birlik nomi sifatida “viloyat” so‘zi qayta tiklandi.

1936 yil (bundan 89 yil oldin) – mashinasozlik sohasidagi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nosir Rashidov tavallud topdi (vafoti 2002 yil). U 1992–2002 yillarda Jizzax politexnika instituti rektori bo‘lgan. Nosir Rashidov ko‘p bo‘g‘inli traktorpoyezdlar ixtirochisi hisoblanadi.

1938 yil (bundan 87 yil oldin) – jurnalist, jamoat arbobi, o‘zbek davriy matbuotining asoschilaridan biri, ellik sakkiz yoshli Ismoil Obidiy Eserlar partiyasining sobiq a’zosi va yapon razvedkasining josusi sifatida qamoqqa olindi. U 1940 yil 9 fevralda Krasnoyar o‘lkasiga 5 yilga surgun qilindi. Bu uning hayotidagi uchinchi surgun edi. Biroq u oradan uzoq vaqt o‘tmasdan o‘sha yerda vafot etdi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Ismoil Obidiy 1906 yilda Toshkent jadidlarining “Taraqqiy” gazetasini chiqardi. “Taraqqiy” tom ma’nodagi ilk milliy nashr hisoblanadi. Uning muharriri Ismoil Obidiy toshkentlik jadidlar o‘rtasida “Ismoil Taraqqiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan. “Taraqqiy”ning ilk soni chiqqan 27 iyun – 1993 yildan buyon mamlakatimizda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” sifatida nishonlanadi.

1948 yil (bundan 77 yil oldin) – hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Mannon Uyg‘ur tomonidan Uyg‘un va Izzat Sulton qalamiga mansub «Alisher Navoiy» dramasining yangi tahriri sahna yuzini ko‘rdi. Mazkur drama ilk bor sahnalashtirilganda uning premerasi 1945 yil 1 aprelda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda bosh rollarni Abror Hidoyatov (Navoiy), Sora Eshonto‘rayeva (Guli), Lutfulla Narzullayev, ba’zida Shukur Burxonov, Asad Ismatov (Husayn Boyqaro), Obid Jalilov (Majdiddin), Saidxon Tabibullayev (Mansur) o‘ynagan edilar. Orada spektakl “o‘tmishni ideallashtirish”da ayblanib, to‘xtatib  qo‘yildi. Asar 1948 yili ayrim tahrirlardan keyin qayta tiklangach, Navoiy rolida Olim Xo‘jayev chiqdi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil kilindi.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida 1999 yilda ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorligi bo‘lmish «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi YUNESKO ishtirokida keng miqyosda nishonlandi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarga o‘quv-uslubiy filmlar yordamida dars o‘tish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizdagi qaysi oliy ta’lim muassasasiga Sharof Rashidov nomi berilgan?